Attestatsiyadan yiqilgan rahbar xodimlar ishdan bo‘shatilmaydimi?
Savol
Men bahorgi attestatsiyadan 56 ball bilan yiqildim. Hozir direktor va “zavuch” kasbiy sertifikatga hujjat topshirasan deyishdi, xo‘p dedim, lekin ularning ikkalasi ham mutaxassis va menga o‘xshab ular ham attestatsiyadan yiqilishgan.
Ammo ular kasbiy sertifikatga topshirmasa ham, toifa ololmasa ham, hech kim, hech narsa demas emish, chunki ular rahbar emish. Rahbarlarga mumkinmi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 44-bandiga ko‘ra oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Nizomning 44-bandiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi.
Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
Yuqoridagi holatda pedagog xodim (agar attestatsiyadan birinchi marta yiqilgan bo‘lsa) yana ikki marotaba ketma-ket navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilishi kerak.
O‘qituvchi ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmasa, shundan keyingina u ishdan bo‘shatiladi.
Ishdan bo‘shatilgan pedagog xodim o‘z mehnat faoliyatini yana davom ettirishi uchun esa faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, kasbiy sertifikat olishi mumkin.
Attestatsiyadan yiqilgan rahbar xodimlar ishdan bo‘shatilmaydimi?
Ta’lim muassasasi rahbar xodimlari, odatda, asosiy rahbarlik lavozimini o‘qituvchilik lavozimi bilan birga bajarib kelgani sababli, attestatsiyaga o‘qituvchi sifatida jalb etiladi.
Bunda rahbar xodim o‘qituvchi sifatida attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmasa, ular ham boshqa pedagoglar singari yana ikki marta ketma-ket navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishi mumkin.
Rahbar xodim o‘qituvchi sifatida ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmasa, uning dars soatlari olib qo‘yiladi, ammo rahbarlik lavozimidan ozod etilmaydi.
Chunki, mazkur attestatsiya test sinovlari faqatgina o‘qituvchilar uchun tashkil etiladi, rahbar xodimlar uchun emas.
Hozirgi kunda rahbar xodimlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori asosida menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish va menejerlik sertifikatini berish tartibi tasdiqlangan.
Bunda menejerlik kurslarida o‘qigan amaldagi direktorlar yakuniy sinovlarda belgilangan ballni to‘play olmagan taqdirda, ular ikki oy ichida yana bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishadi.
Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni to‘play olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
Ammo o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mazkur menejerlik kurslarida o‘qib, sertifikat ololmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilmagan.
Комментарии 13
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Тематические новости
Новости
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Новости
Стала известна дата практического экзамена для учителей физической культуры
Утверждены план-график проведения квалификационных испытаний в форме практического экзамена, а также состав региональных рабочих групп и оценочной комиссии.
Новости
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Аттестация
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Русский
Редактировать комментарий