Top.Mail.Ru
O‘qituvchilar oylik oshirilmagani uchun ish tashlamoqchi — Alberta provinsiyasi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

O‘qituvchilar oylik oshirilmagani uchun ish tashlamoqchi — Alberta provinsiyasi

17:00 / 04.09.2025 316

Alberta (Kanadaning janubi-g‘arbidagi provinsiya) bo‘ylab minglab o‘quvchilar maktabga qaytishlari kerak, ammo bu yil yangi o‘quv yilining birinchi kunida o‘qituvchilarning ish tashlash ehtimoli tufayli noaniqlik muhiti yuzaga kelgan.


Chunki, Alberta jamoat (davlat) maktablari o‘qituvchilari kasaba uyushmasi a’zolari (51 ming nafar kishi) ish tashlashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgacha Alberta o‘qituvchilar kasaba uyushmasi ish tashlash haqida rasmiy ogohlantirish bergani yo‘q. Agar 51 ming a’zo ish tashlashga qaror qilsa, ular 72 soat oldin xabar berishlari kerak bo‘ladi.


O‘qituvchilar kasaba uyushmasi o‘qituvchi va boshqa pedagoglarning oyligi oshirilishi va maktablarga yangi o‘qituvchilar uchun pul ajratilishini talab qilmoqda. 


Bunga javoban Alberta hukumati o‘zining so‘nggi taklifida uch yil davomida 3 ming nafar yangi o‘qituvchi yollash va o‘qituvchilarning maoshini to‘rt yil davomida 12 foizga oshirishni taklif qilmoqda. O‘qituvchilar kasaba uyushmasi esa bu taklifni rad etgan.


Ta’lim vaziri Demetrios Nikolaidesning aytishicha, tomonlar kelishuvga erishishiga yaqin qolgandi, biroq o‘qituvchilar kasaba uyushmasi birdaniga shartlarni o‘zgartirib yuborgan.


Alberta o‘qituvchilar kasaba uyushmasi esa hukumatning so‘nggi taklifini rad etib, 3 ming nafar o‘qituvchi taklifi aholining so‘nggi paytdagi keskin o‘sishini qoplash uchun yetarli emasligi va maosh oshirilishi inflyatsiyani qoplamasligini ta’kidladi.


Shu sababli, Alberta o‘qituvchilar kasaba uyushmasi hamda hukumat o‘rtasida o‘tkazilgan ikki kunlik muzokaralar natijasiz yakunlandi. 


Kalgari Ta’lim kengashi bosh superintendenti Joanne Pitmanning ta’kidlashicha, hozir asosiy e’tibor o‘quvchilarning ta’limiga qaratilishi lozim.

“Bilaman, ota-onalarda juda ko‘p savollar bor va noaniqlik hammani qiynaydi. Biz uchun bu masala har kuni diqqat markazida turadi. Nimalar bo‘lishi mumkinligi esa boshqa masala, biz bunga ham rejalar tuzib qo‘yganmiz.

Bu, albatta, ish tashlash shakliga bog‘liq. Agar umumiy ish tashlash bo‘lsa, ota-onalar bolalar uchun muqobil rejalarga tayyor bo‘lishlari kerak bo‘ladi.”, - dedi Pitman.

Ma’lum bo‘lishicha, iyun oyida o‘tkazilgan ovoz berishda o‘qituvchilarning 95 foizi zarurat tug‘ilganda ish tashlashi mumkinligini bildirgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida yangi uchrashuv belgilanganicha yo‘q. Agar taraflar kelisha olmasa, o‘qituvchilar ish tashlashi kutilmoqda.

Комментарии 1

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Альберта

Поделиться