“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini o‘z mablag‘lari hisobidan 2026-yil 25-apreldan 3-mayga hamda 10-maydan 20-mayga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan qisqa 36 soatlik va 144 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslariga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berilganligi haqida xabar bergandik.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi xalqtaliminfo.uz'ga izoh berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosi to‘liq ta’minlanayotganligini ma’lum qildi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati hududida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar suhbatdan o‘tkazilgan va har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan. Qolgan 80 nafar maktab o‘qituvchilarini ham malaka oshirishga yuborish reja qilingan.
Bu bo‘yicha joriy yilning 1-may kuni Markaz tomonidan ushbu 80 nafar pedagoglarning malaka oshirishini tashkil qilishda hamda ularning malaka oshirish xarajatlarini moliyalashtirishda amaliy yordam berish yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayevga ham 01-75-sonli so‘rov xati yuborilgan.
“Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Toshkent viloyatida 2025-yilda jami 110 nafar pedagoglar malaka oshirishi uchun viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Shundan 30 nafari o‘tgan yili dekabr oyida viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirib, malaka oshirishga jalb qilingan. Qolgan 80 nafar pedagoglarning malaka oshirish xarajatlarini moliyalashtirish ishlari ketmoqda.
Xalqtaliminfo.uz nashrida e’lon qilingan maqolada tilga olingan malaka oshirish kurslari faqatgina o‘z hisobidan xorijga borish istagini bildirgan pedagoglar uchun qo‘shimcha tashabbus sifatida joriy etilgan. Lekin shu kunga qadar Toshkent viloyati hududidan hali hech bir pedagog xodim o‘z hisobidan malaka oshirishga jalb qilinmagan”, - deyiladi Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining tahririyatga bergan izohida.
Markazning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent viloyatida jami 40 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda, ularning orasida o‘z hisobidan xorijda malaka oshirish istaklarini bildirgan o‘qituvchilarni ham qo‘shimcha malaka oshirishga jalb qilish bo‘yicha viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirmoqda.
Hozirgi kunda hududda hech bir pedagoglarni o‘z hisobidan chet davlatda malaka oshirishga majburlash holatlari uchramagan.
Eslatib o‘tamiz, prezident topshirig‘iga asosan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan, jami 1000 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari xorijga malaka oshirishga yuborilishi belgilangan.
Bu topshiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga berilgan bo‘lib, bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy hamkorlarni topish va kelishuvlarda yaqindan yordam beradi.
Bunda A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tuman (shahar)lardan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish jarayonlarini tizimli monitoring qilishi hamda monitoring natijalari bo‘yicha har oyning 15- va 30-sanalarida vazirlikka axborot kiritishi belgilangan.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Тематические новости
Новости
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
Новости
Обсуждены недостатки в системе повышения квалификации педагогов
Сенаторы также остановились на некоторых недостатках, встречающихся в этой сфере, и опросили ответственных лиц министерства.
Новости
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha prezident topshirig‘i nega to‘liq bajarilmadi?
Prezident topshirig‘iga asosan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan, jami 1000 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari xorijga malaka oshirishga yuborilishi lozim edi.
You asked
Будет ли учителю, повысившему свою квалификацию два года назад, начисляться балл за надбавку к новому учебному году?
Педагогический работник, повысивший квалификацию в 2024 году, должен быть направлен работодателем на обязательное повышение квалификации в течение следующих пяти лет. До этого срока будет действовать его сертификат о повышении квалификации в 2024 году.
Русский
Редактировать комментарий