Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
So‘nggi yillarda ijtimoiy hayotning hayotning muhim masalalariga oid, xususan, ta’lim tizimini “isloh qilish”ga qaratilgan qarorlar jamoatchilik va mutaxassislar bilan muhokama qilinmasdan qabul qilinishiga ko‘nikib qolgan edik. Ayniqsa, ta’lim shu darajada “ko‘p va xo‘p” isloh qilindiki, qarorlar bir-birini inkor qiladigan, ta’limning quyi bo‘g‘inlarida faoliyat yuritadiganlar esa “islohot” desa bezillaydigan darajaga keldik.
Shu nuqtai nazardan, muhim qaror loyihalarining yana Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilina boshlashi – quvonarli hol, chunki bu taklif qilinayotgan o‘zgarishlar borasida ko‘pchilikning fikrini eshitish va xatolarning oldini olish imkonini beradi – agar maqsad shu bo‘lsa, albatta.
Ilk qarashda pedagogik kadrlar sifatini tahlil va nazorat qilishga qaratilgandek taassurot qoldiradigan mazkur taklif aslida milliy pedagogik ta’lim kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘diradi, qolaversa, amaldagi qonunchilik normalariga ham ziddir. Quyida ushbu loyihaning eng xavotirli jihatlari va nima uchun uni hozirgi ko‘rinishda qabul qilib bo‘lmasligini ko‘rib chiqamiz.
Qolaversa, yaqinda yangi tahrirda qabul qilingan “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, “yuqori malakali, mustaqil, kreativ va tahliliy fikrlay oladigan kadrlar tayyorlash” oliy ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan Milliy malakalar ramkasiga ko‘ra, 6-darajada (bakalavriat) mutaxassis “faoliyat sohasi boʻyicha keng va integratsiyalashgan bilimlar, jumladan, ilmiy asoslar, ilmiy va nazariy muammolarni amaliy qoʻllash”, “turli standartlar va tez-tez oʻzgarib turadigan talablarni hisobga olgan holda yangi yechimlarni ishlab chiqish, faoliyat, usullar va ularning natijalarini baholash” va “oldindan aytib boʻlmaydigan faoliyat muhitida qarorlar qabul qilish” ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Qolaversa, pedagogika, pedagogik psixologiyaga va metodikaga oid ko‘plab muhim kompetensiyalarni – fanni o‘quvchiga yetkaza olish, auditoriyani boshqarish, o‘quvchilar bilan psixologik muloqot o‘rnata olish, sinfda ijobiy muhit yaratish va boshqa ko‘plab bo‘lajak pedagog uchun zarur kompetensiyalarni ham yopiq test topshiriqlari yordamida baholab bo‘lmaydi.
Yopiq test topshiriqlari yordamida talabaning ma’ruzalardagi va darsliklardagi ma’lumotlarni qay darajada eslab qolgani, tushunganligi va cheklangan vaziyatlarda bu ma’lumotlarni qo‘llay olishini tekshirish mumkin, xolos, lekin bu vazirlikka ham, oliy ta’lim muassasasiga ham, jamiyatga ham bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash sifati haqida hech qanday ma’lumot bermaydi, chunki talaba ma’lumotlarni “suv qilib ichvorgan” bo‘lishi mumkin, lekin bu uning pedagogik mahorati borligini, dars o‘ta olishi, sinfni boshqara olishi, o‘quvchilar bilan muloqotga tayyorligini anglatmaydi.
Shunchaki ma’lumot o‘rnida: vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi shu paytgacha biron-bir testlarining (pedagog kadrlar attestatsiyasi, kasbiy sertifikat, maktab o‘quvchilari uchun summativ baholash ba hokazo) validligini tasdiqlovchi biron-bir ilmiy dalillarni taqdim etgani yoki umuman, bu testlarning validligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgani ma’lum emas.
So‘ngra sohaning tajribali mutaxassislaridan iborat kengash bu talablarni test topshiriqlari bilan solishtirgan holda empirik, tizimli “standartni belgilash” (standard setting) metodologiyasini (masalan, Angoff, modified Angoff yoki Bookmark singari usullardan birini) qo‘llagan holda “talablarga javob beradi” va “talablarga javob bermaydi” chegarasini belgilaydi. Bu chegara har xil test variantlari uchun har xil bo‘lishi ham mumkin.
Umuman, markaz biron marta bunday tadqiqotlar o‘tkazganmi yoki yo‘q – bu haqida ham hech qanday ishonchli ma’lumotlar mavjud emas. Biroq markazning shu paytgacha amalga oshirgan loyihalari tizim vakillari va jamoatchilik orasida jiddiy noroziliklarga va e’tirozlarga sabab bo‘lib kelayotgani hech kimga sir emas.
Tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyalar esa muntazam ravishda o‘qituvchilarning haqli noroziligiga sabab bo‘lib keladi. O‘tgan yilgi attestatsiya mavsumida bir guruh ona tili va adabiyot hamda tarix o‘qituvchilari shu markaz tuzgan va attestatsiyada ishlatilgan testlarning validligiga shubha bildirib, vazirlikni sudga berishdi.
Vaziyat shu darajaga bordiki, oradan bir yil o‘tib, xorijiy olimlar aralashuvi va prezidentga murojaatdan keyin markaz test topshirig‘idagi xatolikni tan olishga majbur bo‘ldi va bu xatolikdan zarar ko‘rgan pedagoglar natijalari qayta hisoblandi. 2025-yil kuzidagi attestatsiya mavsumida esa boshqa bir guruh pedagoglar attestatsiyadan o‘z noroziliklarini bildirishdi, xususan, 20 mingga yaqin ingliz tili o‘qituvchilari vazirlikka qarshi chiqishdi.
Bu yilgi attestatsiya mavsumida ham, kimyo, boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyot singari bir qator fanlar o‘qituvchilari attestatsiyadagi test topshiriqlarining tasdiqlangan spetsifikatsiyalarga mos kelmasligi, mujmalligi yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirishdi, markaz esa muammoni o‘qituvchilarga ag‘darish bilan cheklandi.
Validligi juda katta shubha ostida bo‘lgan testlari bilan hozirda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning doimiy ravishda e’tirozlariga nishon bo‘ladigan tashkilotga endi butun mamlakatdagi oliy pedagogik ta’lim sifatini baholashni topshirish – oliy pedagogik ta’limning “go‘riga g‘isht qalash” bilan barobar emasmi?
PISA-2022 natijalari ta’lim tizimimizdagi eng asosiy muammolardan biri – uning yodlashga asoslanganligini ko‘rsatib berdi, biz bu muammoni hal qilish o‘rniga uni oliy pedagogik ta’limga ham yoyamiz. Qolaversa, olimlar ta’kidlaganidek, har qanday qiyshiq mexanizm insonlarni bu mexanizmni “aylanib o‘tish” yo‘llarini qidirishga rag‘batlantiradi. Oliy pedagogik kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning qiyshiq, noto‘g‘ri mexanizmini joriy qilar ekanmiz, bu mexanizmni “aylanib o‘tish” imkonini beradigan “qiyshiq”, korrupsion yo‘llarning paydo bo‘lishi o‘zini uzoq kuttirmaydi.
Oliy ta’lim tashkilotining Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan tashqi baholanishi va akkreditatsiyadan o‘tkazilishi – undagi kadrlar tayyorlash sifatining davlat tomonidan tan olinganligini bildiradi. Shunday ekan, yana qo‘shimcha baholash mexanizmlarining joriy etilishiga hech qanday hojat yo‘q va bunday urinishlar qonunchilikka ziddir.
Qolaversa, pedagogik yo‘nalishlari mavjud nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ularning bevosita raqobatchisi bo‘lgan davlat pedagogik oliy ta’lim muassasalarining “egasi” bo‘lgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi baho berishi hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Комментарии 4
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
MMTV tizimida 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Тематические новости
Новости
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Новости
Стала известна дата практического экзамена для учителей физической культуры
Утверждены план-график проведения квалификационных испытаний в форме практического экзамена, а также состав региональных рабочих групп и оценочной комиссии.
Новости
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Аттестация
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Русский
Редактировать комментарий