Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 2025-yil 2-sentyabrdan boshlanadi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan boshlab 1-sentabrgacha davom etishi belgilangan.
Demak, joriy yilda umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining 2-sentyabrda boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday sabab mavjud emas. Hozircha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hozircha rasmiy axborot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda “1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni” yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelib qolganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq 2-sentyabrga ko‘chirilgandi.
Shuningdek, 3-sentyabr ham qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilanganligi bois, yangi o‘quv yilini 4-sentyabrdan boshlashga to‘g‘ri kelgandi. Demak, joriy yilda yangi o‘quv yili belgilangan muddatda boshlanadi.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan olimpiadalar markazi qurildi
Xususiy maktab va universitetlarda ichki ishlar inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Тематические новости
Новости
Министерство дало указания по организации "Первого звонка" и "Уроков независимости."
2 сентября текущего года в образовательных организациях будут организованы праздничные мероприятия продолжительностью 45 минут.
Новости
Дано указание организовать "Первый звонок" и "Уроки независимости."
Мероприятия "Первый звонок" проводятся с участием учащихся 1 и 11 классов
Новости
Информация только на узбекском языке
Информация только на узбекском языке
Новости
Новый учебный год в школах начинается 2 сентября...
В этом году нет причин, препятствующих началу нового учебного года в общеобразовательных школах 2 сентября.
Русский
Редактировать комментарий