Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan olimpiadalar markazi qurildi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Olimpiada markazi qurib bitkazildi. Markaz “Ochiq budjet” loyihasi orqali 1 milliard 560 million so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazilgan. Unda fan olimpiadalaridan tashqari turli tanlovlar va test sinovlarini ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
Buvayda tumanida 45 809 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Yangi markaz tumandagi iqtidorli o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazish va olimpiadalarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Markazni tashkil etish tashabbusi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shukrullo Abdulxayev tomonidan ilgari surilgan. Loyiha “Ochiq budjet” doirasida ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan. Markaz maktab hududidagi bo‘sh joyda qurilgan, mebel va jihozlar esa tuman hokimligi tomonidan olib berilgan.
Buvayda tumanidagi 17-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Parizoda Ahrorxo‘jayevaning aytishicha, maktab tumanning chekka hududida joylashgan. Shu sababli o‘quvchilar ilgari fan olimpiadalarida qatnashish uchun tuman markazi yoki Farg‘ona shahriga borishlariga to‘g‘ri kelgan.
Olimpiadalarni tashkil etishda ham muammolar bo‘lgan. Ayrim hollarda sinovlar maktablarning sport zallarida yoki maxsus jihozlanmagan xonalarida o‘tkazilgan. Buning uchun boshqa maktablardan parta va zarur jihozlar olib kelingan.
“Shu ta’lim tizimida o‘n yildan beri ishlayotgan bo‘lsam, har yili qaysidir maktab sport zalida, qaysidir maktab darsini buzmasligi uchun u maktabdan o‘nta parta, bu maktabdan beshta parta qilib jihozlab, shunaqa qilardik. Bu, albatta, juda noqulayliklar tug‘dirardi”, - deydi MMTB boshlig‘i Shukrullo Abdulxayev.
Yangi markazda tezkor internet tizimi o‘rnatilgan. Bu orqali viloyat studiyasi bilan uzluksiz aloqa o‘rnatish mumkin. Shuningdek, test jarayonlarini kuzatish uchun xonalarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
Markazda bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchi imtihon topshira oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-sinfning 984 nafar, 10-sinfning 1 166 nafar va 11-sinfning 1 350 nafar o‘quvchisi — jami 3 500 nafar o‘quvchining 11 ta fan bo‘yicha olimpiadaning tuman bosqichida ishtirok etishi uchun sharoit yaratilgan.
Markaz vakillarining ta’kidlashicha, videokuzatuv va zamonaviy aloqa tizimlari imtihon jarayonlarini nazorat qilish imkonini beradi. Bu ota-onalar va o‘qituvchilarga sinovlarning qanday o‘tayotini kuzatib borishda ham qulaylik yaratadi.
Kelgusida markazdan nafaqat fan olimpiadalari, balki boshqa tanlovlar va test sinovlarini o‘tkazishda ham foydalanish rejalashtirilgan.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Тематические новости
You asked
Nega rus tili olimpiadasida rus adabiyoti savollari ham berildi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qaroriga muvofiq, asosiy olimpiada “Rus tili va adabiyoti” fani bo‘yicha o‘tkaziladi.
Вы знаете?
Информация только на узбекском языке
Информация только на узбекском языке
Новости
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.
Новости
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Русский
Редактировать комментарий