Rus tilini bilmaydigan pedagogga rus sinfini berish mumkinmi?
Savol
Men rus sinflarga jismoniy tarbiya fanidan dars beraman. Universitetning jismoniy tarbiya fakultetini tamomlaganman, yevro guruhini. Maktabda 2021-yil fevralda buyrug‘im chiqqan. Hozirgi vaqtda men rus sinflarga sinf rahbarlik qilishim uchun sinf so‘rasam bermayapti. Lekin rus sinflarni umuman ruschani bilmaydigan o‘qituvchilarga bergan. Ushbu holat bo‘yicha maslahat bering.
Javob
Sinf rahbari faoliyatini tashkil etish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrug‘i, 2025-yil 25-avgustdagi 308-son buyrug‘i hamda 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Mazkur buyurlarga ko‘ra, sinf rahbarlari maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan hamda tegishli kasbiy va shaxsiy fazilatlarga ega pedagoglar orasidan tanlab olinishi belgilangan. Mazkur talablarda o‘qituvchining qaysi fan o‘qituvchisi ekani bo‘yicha cheklov nazarda tutilmagan.
Shuningdek, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi"da sinf rahbarining asosiy vazifalari sifatida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik qilish, o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi yo‘nalishlarni qamrab olishi belgilangan.
Sinf rahbarlari ta’lim muassasasi direktori tomonidan mazkur yo‘riqnomada belgilangan mezonlarga javob beradigan o‘qituvchilar tarkibidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Bunda maktab direktori sinf rahbarini tanlashda sinf rahbarlari zimmasiga yuklatiladigan vazifalarni amalda bajara olish imkoniyatlarini ham hisobga olishi kerak.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi”ning 8-bandida sinf rahbari o‘quvchilar tarbiyasi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishi, sinf faollari ishini yo‘lga qo‘yishi, o‘quvchilarning ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashishi va hamkorlik qilishi, pedagogik maslahatlar berishi belgilangan. 9-bandda esa sinf rahbarining o‘quvchilarning ota-onalari bilan telefon orqali bog‘lanishi, ularning xulq-atvoridagi o‘zgarishlar haqida ota-onalariga xabar berishi va zarur hollarda maktab rahbariyatiga axborot kiritishi kabi majburiyatlari nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqib, rus tilida ta’lim oladigan sinfga sinf rahbari etib rus tilini o‘zlashtirmagan pedagogni tayinlash maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz. Chunki, sinf rahbari o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan samarali muloqot qilishi, tarbiyaviy ishlarni olib borishi va yo‘riqnomada belgilangan majburiyatlarni to‘liq bajarishi kerak. Agar pedagog xodim rus tilini o‘zlashtirmagan bo‘lsa va shu sababli rus tilida ta’lim olayotgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan zarur darajada muloqot qila olmasa, bu uning sinf rahbari sifatidagi vazifalarini to‘laqonli bajarishga jiddiy ta’sir qiladi.
Shu sababli, rus sinfida bu vazifalarni o‘quvchilar va ota-onalar tushunadigan tilda amalga oshirish muhim. Shuning uchun rus tilini o‘zlashtirmagan pedagogni rus sinfiga sinf rahbari etib tayinlash sinf rahbariga yuklatilgan majburiyatlarni sifatli darajada bajarish talablariga mos kelmasligi mumkin.
Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi 310-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kelajak soatlari” konsepsiyasida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf rahbarlari tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu mashg‘ulotlar muloqot, muhokama, rolli vaziyat, debat va loyiha kabi usullar asosida tashkil etilishi, ularning mazmuni, tili va metodlari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerakligi qayd etilgan.
Demak, sinf rahbari rus tilida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan nafaqat tashkiliy ishlarni olib boradi, balki ular bilan tarbiyaviy mazmundagi muloqot, muhokama, debat va boshqa mashg‘ulotlarni ham tashkil etadi. Bunday faoliyatni rus tilini o‘zlashtirmagan sinf rahbari tomonidan sifatli va to‘laqonli amalga oshirib bo‘lmaydi.
Chunki o‘quvchilar bilan muloqot qilish, ularning fikrini tushunish, savollariga javob berish, tarbiyaviy masalalarni muhokama qilish va “Kelajak soati” mashg‘ulotlarini o‘quvchilar tushunadigan tilda olib borish sinf rahbarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu sababli, rus tilini o‘zlashtirmagan pedagogni rus sinfiga sinf rahbari etib tayinlash sinf rahbarining yo‘riqnomada belgilangan majburiyatlarini, shuningdek, “Kelajak soatlari” konsepsiyasida belgilangan mashg‘ulotlarni tegishli tilda va sifatli tashkil etish talablariga zid hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur holatda oliygohning jismoniy tarbiya yo‘nalishida aynan rus tilida tahsil olgan, rus tilini o‘zlashtirgan va hozirda rus sinflarda dars berib kelayotgan pedagogga rus tilida ta’lim oladigan sinf rahbarligini biriktirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
O‘zbekistonda tennisni maktabdan boshlab ommalashtirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
Тематические новости
You asked
Можно ли снять классное руководство без согласия педагога?
Отзыв классного руководства у учителей начальных классов, на которых возложено классное руководство, под предлогом наличия у них среднего специального образования, противоречит законодательству.
Новости
Приказом министра отменено требование о высшем образовании для классных руководителей
Ранее мы опубликовали критическую статью о том, что проблема классных руководителей возникла после документа, подписанного министром дошкольного и школьного образования Эъзозой Каримовой.
Новости
Проблема классных руководителей возникла после документа, подписанного министром Эъзозой Каримовой.
В регионах возникли проблемы после того, как приказом министра дошкольного и школьного образования, подписанным за восемь дней до начала нового учебного года, были изменены требования к классным руководителям.
Новости
Требования к классному руководству изменились
До настоящего времени не было никаких ограничений на предоставление классного руководства учителям со средним специальным образованием в начальных классах.
Русский
Редактировать комментарий