O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Qashqadaryo viloyatida maktabga kelmagan 4 nafar o‘quvchini g‘ayriqonuniy tarzda baholashga uringan direktor lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tumanidagi maktablarning birida aslida maktabga kelmagan 4 nafar o‘quvchilar g‘ayriqonuniy tarzda baholangan.
Hududdagi ta’lim tashkilotlari faoliyati Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda o‘quvchilar davomati o‘zgartirilganligi aniqlangan.
“O‘z lavozimiga sovuqqonlik bilan qarab, ta’lim sifati, majburiy ta’limga jalb etilgan o‘quvchilar davomatini soxtakorlik bilan o‘zgartirishga uringan yoki rahbarlikning umumiy nazoratiga bepisandlik bilan qaragan Chiroqchi tumanidagi maktab direktori o‘z lavozimidan ozod etildi.
Nomenklatura doirasida o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilinadi”, - deyiladi boshqarma Axborot xizmati bergan xabarda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yangiliklar
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Yangiliklar
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov aslida iqtidorli o‘quvchilar yuborilishi kerak bo‘lgan “Alvon yelkanlar” bayramiga o‘z o‘g‘li va jiyanini qo‘shib yuborgani uchun ishdan olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang