Yangi o‘quv yilidan CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qarori bilan 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan ta’lim muassasalari) ta’lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizimni joriy etish belgilangan.
Qaror bilan 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlarida CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitilishini belgilangan.
Bunda tayanch o‘quv rejada 10-11-sinflarga haftasiga bir soatdan qo‘shimcha yuklama kiritiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi “O‘q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli qarori bilan maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturlari doirasida “O‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg‘ulotlari kiritilishi belgilandi. Ya’ni, endilikda maktab o‘quvchilari qurol otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘taydilar.
Bunda o‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘zlariga biriktirilgan harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning doimiy joylashuv joyidagi o‘quv-moddiy bazasidan beg‘araz asosda foydalanishlariga ruxsat etiladi.
Ta’lim muassasalarida CHQBT fani o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘g‘il va qiz bolalar bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Bitiruvchi sinflardagi o‘g‘il bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda qiz bolalar ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etiladi.
Ta’lim muassasalarida CHQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashg‘ulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘tkaziladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi

Maktabga bormay sotuvchilik qilib yurgan o‘quvchi oradan ikki oy o‘tib nazoratga olindi

Fuqarodan jabr ko‘rgan o‘qituvchiga sog‘ligini tiklab olishi uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi
2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi

Toifa olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanishi kerakmi?
Ularning ish haqi o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilgan

Respublikadagi 208 ta maktab harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga aylantiriladi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi

Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Endilikda maktab o‘quvchilari qurol otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘taydilar
Izohingizni tahrirlang