8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Navoiy viloyati, Karmana tumanida maktab o‘quvchisi ona bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, tumandagi 15-umumta’lim maktabining 8-sinfida o‘qiydigan o‘quvchi farzandli bo‘lgan. Buni Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sarvar Ochilov ham tasdiqlagan.
Sarvar Ochilovga ko‘ra, hozirda holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Maktab direktori Yulduz O‘roqovaning ishda qolish-qolmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab direktori topshirig‘iga asosan ona bo‘lgan o‘quvchi garchi maktabga kelmasa-da, unga ayrim fanlardan baho qo‘yib borilgan.
Ayrim fanlardan o‘qituvchilarning darsga ishtirok etmagan o‘quvchiga baho qo‘yib borganligi haqidagi vajlar ayni vaqtda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganilmoqda.
Kun.uz nashrining qo‘shimcha qilishicha, ushbu maktabda o‘tgan yili ham erta tug‘uruq holati kuzatilgan. O‘shanda maktabning 10-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgan. Hozirda bu o‘quvchi 11-sinfda tahsil olmoqda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
MMTVga bo‘ysinadigan oliygohlarda “Qalqon” patrullari tashkil etiladi
Elektron kundalik uchun o‘qituvchi javobgar qilingani sabab vazirlik keskin tanqid qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
8-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgani aytilmoqda
U 2024-yil 6-may kuni shifoxonada chaqaloqni dunyoga keltirgan.
Yangiliklar
7-sinf o‘quvchisi homilador, deputat esa bunda maktab psixologlarini ham ayblamoqda
Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borayotganligi aytilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang