Xitoy maktablarida sun’iy intellekt majburiy kurs sifatida joriy etiladi
Xitoy hukumati maktablarda sun’iy intellekt (SI) bo‘yicha majburiy kurslarni joriy etish tashabbusini ilgari surdi.
Ushbu dastur boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga sun’iy intellektni tushunish, undan foydalana olish va uni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sun’iy intellektning qanday ishlashini o‘rganishadi. Bu bosqichda ularga asosiy tushunchalar va texnologiyaning hayotga ta’siri haqida ma’lumot beriladi.
O‘rta sinf o‘quvchilari sun’iy intellektdan kundalik hayotda qanday foydalanish mumkinligini tushunib yetishadi. Ular turli xil amaliy dasturlar, ovozli yordamchilar, aqlli tizimlar va robotlar bilan ishlashni o‘rganadilar.
Yuqori sinf o‘quvchilari esa SI imkoniyatlarini kengaytirish va uni rivojlantirish yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Ular dasturlash va algoritmlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
Dastur samaradorligini oshirish maqsadida maktablar, universitetlar, tadqiqot markazlari va yetakchi IT kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Bu esa o‘quvchilarga sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy bilimlarni olish imkonini beradi. Dastur doirasida yetakchi olimlar va IT mutaxassislari ishtirokida seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xitoy sun’iy intellekt sohasida jahon yetakchilaridan biriga aylanishni maqsad qilmoqda. Shu sababli, hukumat bu texnologiyani bolalikdan o‘rgatish orqali yosh avlodni raqamli iqtisodiyot va texnologik rivojlanish talablariga mos ravishda tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Yangi o‘quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlarida “Bir maktab – bir IT sinf” tamoyili asosida ixtisoslashgan sinflar ochish taklif etildi.
Yangiliklar
“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Maktab ta’limi uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma joriy qilinadi. Bunda o‘qituvchining virtual yordamchisi ishlab chiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi.
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan “ChatGPT for Teachers” servisini taqdim etdi.
Qozog'iston
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang