Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolandi.
Mazkur buyruq bilan 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 3-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etilmoqda.
Bunda A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 2025-yilning 20-avgust kuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslarini tashkil etadi.
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlariga
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy qilinishi munosabati bilan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;
- 2025-2026-o‘quv yili davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tayanch o‘quv reja va uning tushuntirish xatida belgilangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtirish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejadan kelib chiqqan holda muassasa xodimlarining ish yuklamalari tarifikatsiyasi va dars jadvallarining ishlab chiqilishi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
- 2025-yilning 30-avgust kuniga qadar 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejadagi yangiliklar va tushuntirish xatining mazmun-mohiyatini har bir ta’lim muassasasiga yetkazish hamda pedagogik kengash yig‘ilishlarida targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligi sababli mazkur fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va 5-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.
Bunda, ushbu fan dars soatlari umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang