Ta’lim inspeksiyasi tashkiloti yana qaytmoqdami?
Bundan 9 yil avval, ya’ni 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil qilingandi.
Ushbu inspeksiyaning eng asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi:
- pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish;
- davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
- o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining DTS talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash;
- nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar berish;
- xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish;
- respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish.
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi bosh boshqarmasi, pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi hamda ta’lim sifatini monitoring qilish bosh boshqarmasi kabi bo‘lim va boshqarmalardan iborat edi.
Umuman olganda, o‘sha paytlari sobiq Ta’lim inspeksiyasi O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi gigant tashkilotlardan biri edi.
Ammo, 2023-yilda davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlab yuborildi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi
Joriy yil 5-may kungi prezident farmoni bilan vazifa va funksiyalari deyarli sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘xshash bo‘lgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.
62 shtat birligidan iborat mazkur agentlik “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida tashkil etilmoqda.
Agentlikning asosiy funksiyalaridan biri ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish hisoblanib, agentlik faqatgina o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi.
Ya’ni, davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatiga aralashmaydi.
Shuningdek, mazkur agentlik pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish bilan ham shug‘ullanmaydi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” darslarini o‘tish uchun vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, mahalliy hokimiyat rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalist, bloger, hamda filologlarni faol jalb qilmoqda.
Yangiliklar
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Psixolog, kutubxonachi va laborant lavozimlari qisqartirildi
Yangiliklar
Homilador pedagogni shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatish — jinoyat
Homilador ayolga shtatlar qisqarishi munosabati bilan ogohlantirish xati berilgan. Bu holat 2025-yil 1-oktyabrdan maktab maslahatchisi lavozimining joriy etilishi munosabati bilan, direktor o‘rinbosarlarining shtati maqbullashtirilishi ortidan sodir bo‘lgan.
So'ragan edingiz
Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang