Maktablardagi o‘qituvchilar soni 170 mingga ko‘paydi
Oxirgi 10 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 170,9 ming nafarga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning (o‘rindoshlarsiz) umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
- 2015/2016-o‘quv yili boshiga - 385 ming nafar;
- 2016/2017-o‘quv yili boshiga - 390,6 ming nafar;
- 2017/2018-o‘quv yili boshiga - 409,4 ming nafar;
- 2018/2019-o‘quv yili boshiga - 444,2 ming nafar;
- 2019/2020-o‘quv yili boshiga - 486,6 ming nafar;
- 2020/2021-o‘quv yili boshiga - 508 ming nafar;
- 2021/2022-o‘quv yili boshiga - 510 ming nafar;
- 2022/2023-o‘quv yili boshiga - 521,6 ming nafar;
- 2023/2024-o‘quv yili boshiga - 547,8 ming nafar;
- 2024/2025-o‘quv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 6,7 milliondan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.
Ularga 564,9 ming nafardan ziyod o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Bu shuni anglatadiki, o‘rtacha har bir o‘qituvchiga 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda. (Ushbu hisob-kitobda o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar soni inobatga olinmagan)
Ma’lumot uchun: 2023/2024-o‘quv yili hisobiga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda maktablar soni 6,5 foizga oshib, 10 750 taga yetgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Ayrim maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshqa binoga ko‘chiriladi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi
2024/2025-o‘quv yilida 10 146 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar o‘quvchi tamomladi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarning umumiy soni so‘nggi 6 yilda 78,3 ming nafarga ko‘paydi
Hozirda ularning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etmoqda
Statistika
Bu yil umumta’lim maktablarini 399 ming 499 nafar bitiruvchilar tamomladi
25 ming 259 nafar o‘quvchiga a’lo darajali shahodatnoma berildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang