Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva rahbarlik lavozimini uzoq muddat hech kimga bermay kelayotgan shaxslarni qattiq tanqid qildi.
Uzdiplomat.uz nashrining xabar berishicha, 2025-yil 20-iyun kuni Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi o‘tkazilgan.
Unda Milliy va hududiy kengashlar a’zolari, senatorlar, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi hamda tuman, shahar Kengashlari deputatlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, hudud faollari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Majlisda Sirdaryo viloyatida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar tanqidiy muhokama etildi.
Mazkur majlisda ta’lim muassasalarida uzoq yildan beri rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar ham Senat raisi tomonidan tanqid qilingan.
Ta’kidlanishicha, Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida 55 nafar xodim 5 yildan ortiq, 23 nafar xodim 10 yildan ortiq, 11 nafar xodim 20 yildan ortiq muddat davomida aynan bir muassasada rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, maktablar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida 67 nafar xodim 5 yildan ortiq, 64 nafar xodim 10 yildan ortiq, 29 nafar xodim 20 yildan ortiq muddat davomida aynan bir muassasada rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga asl narxi 15,2 mln so‘m bo‘lgan interaktiv doskalarni 25 mln so‘mdan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Yangiliklar
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi korrupsiyaviy tashkilotlar ro‘yxatida
O‘tgan 2025-yilning eng korrupsiyalashgan tashkilotlar ro‘yxatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham tilga olindi. Xususan, tizimda bir qancha qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang