Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi
Toshkent shahar Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman prokurori Bobur Abdullayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Uchrashuvda bitiruvchi yoshlar o‘z biznes g‘oyalari, startap loyihalari haqida gapirib, ularni amalga oshirishda hokimdan yordam so‘radi. Tuman hokimi esa mutasaddi idoralarga tegishli vazifalarni belgilab, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Uchrashuv doirasida yoshlarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim ta’lim muassasalariga tuman hokimligi tomonidan texnik va moddiy yordam berildi.
Jumladan, 125-umumta’lim maktabi uchun 190 million so‘mlik kompyuter jihozlari, 2-sonli sport maktabining sport zali ta’miri uchun 300 million so‘m, 214-sonli “Jasorat maktabi” sinf xonalarini jihozlash uchun 500 million so‘mlik sertifikat topshirildi hamda tuman Axborot-resurs markaziga 6 ta kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Ta'lim siyosati
2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmasligi masalasi ko‘tarildi.
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Avvalgi tartib bo‘yicha bir viloyatda maktab qurilishi kerak bo‘lsa, buning uchun qaror Toshkentda qabul qilinardi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang