Maktablarida telefondan foydalanish butunlay taqiqlandi — Janubiy Koreya
Janubiy Koreya parlamenti dars vaqtida mobil telefon va smart qurilmalardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Bu tartib 2026-yil martidan kuchga kiradi va mamlakat bo‘ylab barcha maktablarda amal qiladi. Yangi amaliyotdan ko‘zlangan maqsad yoshlar orasida keng tarqalgan “online” qaramlikni kamaytirish.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, telefondan ortiqcha foydalanish o‘qish, aqliy rivojlanish, ijtimoiy hayotga moslashishga salbiy ta’sir etgan. Shu sababli, deputatlar, ota-onalar, ko‘plab o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsga e’tiborini oshirish, do‘stlik, ijodiy faoliyat kabi qadriyatlarni tiklash zarurligini ta’kidlamoqda.
Parlamentda ovoz berish chog‘ida mazkur qonun ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi. Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, aholining qariyb chorak qismi telefondan ortiqcha foydalanadi, yoshlar orasida esa bu ko‘rsatkich 43 foizga yetgan.
Shunga qaramay, taqiq turli munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda. Tabiiyki, ota-onalar bolalari vaqtini ijtimoiy tarmoqqa emas, o‘qish va hayotiy tajribani o‘zlashtirishga sarflashini xohlaydi. O‘quvchilar esa taqiq muammoni hal etmasligini aytib, aksincha telefondan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini uqtirmoqda.
Ushbu rasmiy intizom qoidasi dars vaqtida telefondan foydalanishni to‘liq taqiqlaydi, lekin nogironlar uchun maxsus qurilmaga ruxsat etilib, favqulodda vaziyat yoki ta’lim maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘qituvchilar orasida ham turlicha fikr bor: ba’zilar cheklov dars jarayonida tartibni tiklashga yordam beradi, desa, boshqalar bu shaxsiy huquqni cheklash ekanini ta’kidlamoqda.
Janubiy Koreya ayni qarorga kelgan ilk davlat emas – Fransiya, Finlyandiya, Italiya va Xitoy ham maktabda telefondan foydalanishni cheklagan. Faqat Seul masalani qonun darajasiga olib chiqqani bilan farqlanadi.
Shu bilan birga natija qanday bo‘lishi haqidagi bahs davom etyapti. Buni kimdir o‘quvchilar uchun foydali qadam, desa, boshqalar muammo ildizi mamlakat ta’lim tizimi haddan tashqari raqobatbardoshligi, o‘quvchilar ruhiy bosim ostida ekani bilan bog‘lamoqda.
Ma’lumot uchun: So‘nggi yillarda bir qator — Niderlandiya, Avstraliya, Norvegiya, Italiya, Qirg‘iziston va Rossiya kabi mamlakatlarda bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash hamda mobil telefondan foydalanishini taqiqlovchi qoidalar joriy qilinmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Qozog‘iston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang