Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xoldarova Indira Abdukarimovna 1985-yilda Toshkent shahri, Bektemir tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti (bakalavr) 2019-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 2020-yildan - h.v. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD).
Ilk mehnat faoliyatini Mirobod tumani 31-sonli maktabda rus tili fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida mazkur maktabda yoshlar yetakchisi lavozimida ham ishlagan. Keyinchalik Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan.
2020-2022-yillarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari — ‘‘Kamalak’’ bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-yildan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan.
Indira Xoldarova O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida faoliyat yuritgan davrda maktablardagi yoshlar yetakchilari muammolarini hal qilishda muhim tashabbuslar ko‘rsatgan.
Shu o‘rinda, xalqtaliminfo.uz jamoasi Indira Abdukarimovnaga yangi lavozimidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunbuzilish murojaatlari soni bo‘yicha “yetakchi” sohalardan biri deb topildi
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Tayinlov
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Xakimova Dildoraxon Mashrabjonovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Hududiy “Kelajak” markazlariga direktorlar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning tegishli buyrug‘i bilan Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi.
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori bilan “Kelajak” markazlari faoliyati tartibga solindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang