Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xoldarova Indira Abdukarimovna 1985-yilda Toshkent shahri, Bektemir tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti (bakalavr) 2019-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 2020-yildan - h.v. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi (PhD).
Ilk mehnat faoliyatini Mirobod tumani 31-sonli maktabda rus tili fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Shu maktabda bir vaqtning o‘zida yoshlar yetakchisi lavozimida ham ishlagan. Keyinchalik Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan.
2020-2022-yillarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari — "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-yildan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan.
Indira Xoldarova O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashida faoliyat yuritgan davrda maktablardagi yoshlar yetakchilari muammolarini hal qilishda muhim tashabbuslar ko‘rsatgan.
Shu o‘rinda, xalqtaliminfo.uz jamoasi Indira Abdukarimovnaga yangi lavozimidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Министерство объяснило, почему изменились сроки сертификата квалификационной категории.
Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
Сообщается, что министерство самовольно сократило срок действия сертификата квалификационной категории учителей.
Тематические новости
Назночение
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Назночение
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Назночение
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Назночение
Qoraqalpog‘iston Ta’limi vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Русский
Редактировать комментарий