Hududiy “Kelajak” markazlariga direktorlar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning tegishli buyrug‘i bilan Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi.
Tashimov Ruslan Raxmanbergenovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Dadajanov Fayzulloh Sirajiddin o‘g‘li — Andijon viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Andijon shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Kamildjanov Muxammadjon Ne’matdjonovich — Buxoro viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan);
Xolmurodova Gulrux Xolmamatovna — Qashqadaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shaxrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Saidov Bexzod Yuldashbayevich — Xorazm viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Mirzayev Eldor Tadjiqul o‘g‘li — Toshkent viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Ortiqov Shamsiddin Fahriddin o‘g‘li — Namangan viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Namangan shahar Davlatobod tumani 80-sonli maktab direktori lavozimida ishlagan);
Mamatov Avaz Muxitdinovich — Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Guliston Yoshlar texnoparki direktori lavozimida ishlagan);
Qodirov Firuzjon Usmonovich — Surxondaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Surxondaryo viloyati, Termiz tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan) etib tayinlandi.
Ayni vaqtda tayinlovlar davom etmoqda.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Tayinlov
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Xakimova Dildoraxon Mashrabjonovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Yangiliklar
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori bilan “Kelajak” markazlari faoliyati tartibga solindi.
Tayinlov
Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang