Oliygohlarda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) imzolandi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Shuningdek, tanlov davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi va respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.
2026-yil 1-sentyabrdan oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi. Bunda:
- oliy ta’lim tashkilotlarida IT-park va venchur jamg‘armalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi;
- talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
- oliy ta’lim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda o‘z mablag‘larini investitsiya qilish huquqi beriladi;
- talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari ko‘zda tutiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
MMTVga bo‘ysinadigan oliygohlarda “Qalqon” patrullari tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 76-sonli buyrug‘i bilan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yangiliklar
Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi
Bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomlab, ulardan 75 foizi OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashgan. Bunda maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlarida maksimal ballni egallash ko‘rsatkichi 5 barobarga oshgan.
Bilasizmi?
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliygoh tanlash bo'yicha tavsiyalar
Yangiliklar
Endi abituriyentlarga oliygohga kirish muammo bo‘lmaydi
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang