3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Avvalroq, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, Termiz shahrida joylashgan Surxon arena maydonida o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasida:
- 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi;
- 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi;
- 3-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi egalladi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Sport vaziri Adxam Ikramov, viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar mas’ullari, ishtirokchi o‘quvchi qizlar hamda ularning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Musobaqa Nizomiga ko‘ra, “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi respublika bosqichida:
- 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi — “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘m;
- 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi — “Damas” avtomashinasi va 200 mln so‘m;
- 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi “Damas” avtomashinasi va 150 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, qolgan jamoalarga Sport vazirligi tomonidan vorkaut maydonchasini qurib berish bo‘yicha vaucher, 50 mln so‘mdan pul mukofoti, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 800 mln so‘m qiymatga ega futbol koptoklari (har bir jamoaga 50 donadan) hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘zbekistonlik ikki nafar iqtidorli o‘quvchi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
Yangiliklar
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Liliya Gaynutdinovaga ushbu ko‘krak nishoni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida topshirilgan.
Yangiliklar
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang