Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergandik.
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Jamshid Raximjonov 1989-yilda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetini, 2021-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi psixolog. 2019-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
U 2013–2016-yillarda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent shahar kengashida bosh mutaxassis sifatida, 2016–2024-yillar davomida mazkur jamiyatning Toshkent shahar mintaqaviy bo‘limida rais o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olib, magistratura bosqichini tamomlagan.
2024–2025-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Soha infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tarkibidagi davlat-xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Tayinlov
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang