Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
Jahon banki O‘zbekistonga boshlang‘ich maktab ta’limi sifatini oshirish va bolalarning o‘qish, matematika va ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini o‘z ichiga olgan asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli moliyalashtirishni tasdiqladi. Bu haqda Daryo.uz nashri Jahon banki axborotiga tayanib xabar bermoqda.
Bank axborotida qayd etilishicha, O‘zbekistonda aholining tez o‘sishi va ichki migratsiya tufayli davlat maktablari infratuzilmasi sezilarli yuklamaga duch kelmoqda. 2026-yilda maktab o‘quvchilari soni 7,6 milliondan oshishi kutilmoqda. Ta’lim infratuzilmasiga o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun hukumat har yili mamlakat bo‘ylab 300 ga yaqin yangi maktab qurishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda boshlang‘ich maktabga qabul darajasi 99 foizdan yuqori. Lekin o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari, ayniqsa, o‘qish va matematika fanlari bo‘yicha xalqaro standartlarga ko‘ra, pastligicha qolmoqda. Bundan tashqari, o‘qitish metodikasi va pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish tizimi sezilarli darajada takomillashtirishni talab etadi.
Shu sababli, boshlang‘ich maktab ta’limi sifatini oshirish va bolalarning o‘qish, matematika va ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini o‘z ichiga olgan asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun Jahon banki tomonidan 100 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilmoqda.
“Boshlang‘ich maktabda o‘quvchilarning asosiy ko‘nikmalarini, jumladan, o‘qish, matematika va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarini mustahkamlash O‘zbekistonning inson kapitalini yanada mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega”, - deya ta’kidlaydi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin.
“Ushbu ko‘nikmalar bolalarga yanada murakkab ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi va ularni kelajakda tez o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga tayyorlaydi. Ular mamlakatning innovatsiyalardan foydalana oladigan kadrlarga tayanadigan iqtisodiy o‘sishida ham muhim ahamiyatga ega.”
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan yangi BILIM dasturi hukumatga maktab o‘quvchilarining asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga sarmoya kiritishga yordam beradi”.
“Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun maktab ta’limini o‘zgartirish” ( BILIM ) dasturi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshiriladi. Mamlakatdagi barcha maktablarning qariyb 45 foizi ushbu hududlarga to‘g‘ri keladi.
Jahon banki axborotida qayd etilishicha, aynan shu hududlarda bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq eng jiddiy muammolardan biri, shuningdek, maktab infratuzilmasining keskin tanqisligi kuzatilmoqda.
Dasturning umumiy moliyalashtirish hajmi 378 million dollarni tashkil etadi. Shundan 273 million dollar O‘zbekiston hukumati, 100 million dollar Jahon bankining imtiyozli moliyalashtirishi hamda Ta’limni moliyalashtirish xalqaro jamg‘armasi (IFFEd)ning 5 million dollarlik granti hisobidan ta’minlanadi.
2030-yilgacha dastur 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyatini oshirishga yordam beradi.
Dastur, shuningdek, yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratadi.
Ta’lim ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish tizimini mustahkamlaydi. Bu maktablar faoliyatini yanada samarali rejalashtirish, resurslarni taqsimlash va ta’lim natijalarini yaxshilash imkonini beradi.
Dastur 1—4-sinflardagi, yarmi qizlardan iborat bo‘lgan, qariyb 2 million o‘quvchilarga, yaxshiroq ta’lim olish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradigan asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan tortib oliy hamda undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruv asosida birlashtirishga qaratilgan yangi islohotlar davri boshlandi.
Bilasizmi?
Yangi ta’lim vazirini tayinlash bo‘yicha qarorni kimlar qabul qiladi?
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘iratboy Sharipov va uning o‘rinbosarlari ham lavozimidan ozod etilgan. Bu Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining tugatilib, ularning negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgani bilan bog‘liq.
Ta'lim siyosati
O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…
Zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.
Yangiliklar
Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang