1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer bolani 1-sinfga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Asaka tumani bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroning murojaati asosida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida navbatdagi korrupsion holat fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, Asaka tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida kadrlar bo‘yicha menejer lavozimida ishlovchi shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning farzandini 1-sinfga o‘qishga qabul qildirishni va’da qilgan.
Buning evaziga u fuqarodan 300 AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida u ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "g" bandi hamda 28-modda orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu holat 1-sinfga qabul jarayonlarida korrupsiyaning oldini olish masalasi hamon dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda. Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 1-sinfga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqotda onlayn qabul tizimining asosiy maqsadi inson omilini kamaytirish, ota-onalar uchun qulaylik yaratish hamda korrupsiyaning oldini olish ekani ta’kidlangandi.
O‘sha muloqotda mikrohudud doirasidagi arizalar hech qanday to‘siqlarsiz qabul qilinishi, qabul jarayonida tovlamachilik yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari aniqlansa, vazirlikning Huquqiy muvofiqlik xizmati jalb etilishi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi aytilgandi. Shuningdek, barcha maktab direktorlariga bu borada qat’iy ogohlantirish berilgani va ulardan kafolat xatlari olingani ham ma’lum qilingandi.
E’tiborlisi, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab 1-sinfga qabul bo‘yicha davlat xizmati joriy etilgan tumanlar ro‘yxatiga aynan Asaka tumani ham kiritilgandi. Shunga qaramay, aynan shu tumanda 1-sinfga qabul qilish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi. Bu esa qabul jarayonlarini raqamlashtirish muhim qadam bo‘lsa-da, korrupsiyaning oldini olish uchun yetarli chora emasligini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlangan. Joriy yilda respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani birinchi sinfga qabul qilish rejalashtirilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
Yangiliklar
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi.
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Yangiliklar
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ta’lim muassasalari uchun “ABS” rusumli isitish qozonlari sotib olinishi lozim bo‘lgan. Biroq, amalda shartnomada ko‘rsatilgan mahsulot o‘rniga “LES” rusumli isitish qozonlari xarid qilingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang