Top.Mail.Ru
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi

09:46 / 24.07.2026 1.39k

Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.


Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Asaka tumani bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroning murojaati asosida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida navbatdagi korrupsion holat fosh etildi.


Ma’lum qilinishicha, Asaka tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida kadrlar bo‘yicha menejer lavozimida ishlovchi shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning farzandini 1-sinfga o‘qishga qabul qildirishni va’da qilgan.


Buning evaziga u fuqarodan 300 AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida u ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "g" bandi hamda 28-modda orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Ushbu holat 1-sinfga qabul jarayonlarida korrupsiyaning oldini olish masalasi hamon dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda. Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 1-sinfga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqotda onlayn qabul tizimining asosiy maqsadi inson omilini kamaytirish, ota-onalar uchun qulaylik yaratish hamda korrupsiyaning oldini olish ekanini ta’kidlagandi.


O‘shanda vazirlik vakillari mikrohudud doirasidagi arizalar hech qanday to‘siqlarsiz qabul qilinishi, agar qabul jarayonida tovlamachilik yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari aniqlansa, vazirlikning vazirlikning huquqiy muvofiqlik xizmati jalb qilinishi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishini aytgandi.


Shuningdek, barcha maktab direktorlariga bu borada qat’iy ogohlantirish berilgan hamda ulardan kafolat xatlari olingani alohida ta’kidlangandi.


Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlangan. Joriy yilda respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani birinchi sinfga qabul qilish rejalashtirilgan.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Коррупция
  • Прием в школу

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.

15:15 / 08.10.2026
Новости

Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi.

14:23 / 23.09.2026
Новости

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
Новости

Установлено хищение ответственными лицами ОТД 1 млрд сумов бюджетных средств

В Давлатабадском районе Наманганской области выявлено финансовое правонарушение, связанное с бюджетными средствами, выделенными на систему отопления образовательных учреждений.

11:13 / 16.09.2026