Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan sinov.uz platformasi orqali attestatsiya testlari 10 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilayotgani haqida xabar bergandik.
Vazirlik har bir test materialining maxfiyligini ta’minlashi shart bo‘lsa-da, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilgan attestatsiya sinov materiallari turli platformalarda ma’lum bir to‘lov evaziga pullab kelgan.
Rasmiylar ham attestatsiya testlari sotilayotganini rasman tan olib, buni sinov.uz platformasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bilan izohlagan bo‘lsa-da, o‘sha paytda bu masalaga vakolatli davlat organlari tomonidan huquqiy baho berilmagan.
E’tiborli jihati shundaki, attestatsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bir nechta sud ishlarida vazirlik vakillaridan malaka toifasi sinovlarida foydalanilgan ayrim test savollarini ochiqlash so‘ralganda, vazirlik vakillari mazkur testlar uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilgani, ularni ochiqlash esa qonunchilikka zid ekanini alohida ta’kidlagan.
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Xalqtaliminfo.uz'da e’lon qilingan maqoladan so‘ng, vazirlik ma’lum bir bir muddat davomida sinov.uz platformasidagi testlarni bepul qilib qo‘ydi. Hozirda esa boshqa platforma — demotest.uzedu.uz ham qayta ishga tushirilgan. Unda 2026-yilgi attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik uchun demo testlar bepul taqdim etilmoqda.
Pullik va bepul testlarning bir-biridan asosiy farqi nimada?
Agar demotest.uzedu.uz platformasiga bepul joylashtirilgan testlar sinov.uz platformasidagi testlar bilan mazmunan bir xil bo‘lsa, unda nega aynan shu yoki o‘xshash test materiallaridan foydalanish uchun pedagogdan 25 ming so‘m undirilmoqda?
Agar ular bir xil bo‘lmasa, unda pullik testlarning o‘ziga xosligi nimada? Ular kim tomonidan ishlab chiqilgan? Qaysi mablag‘lar hisobidan tayyorlangan? Ularning savollar bazasi qayerdan olingan? Vazirlik bu savollarga aniq izoh berishi kerak.
Asosiy savol esa yana o‘sha: buning huquqiy asosi qayerda?
Avvalgi surishtiruvimizda ham asosiy masala testlarning pullik yoki bepul ekanida emasligini ta’kidlagandik. Asosiy masala — davlat budjeti hisobidan ishlab chiqilgan attestatsiya sinov materiallaridan tijorat maqsadida foydalanishning huquqiy asosi mavjud yoki mavjud emasligida.
Chunki, har qanday davlat tashkiloti tomonidan pullik xizmat ko‘rsatilishi uchun qonunchilikda aniq huquqiy asoslar bo‘lishi kerak. Ya’ni pullik xizmatni kimlar ko‘rsatishi mumkinligi, xizmatning turi, uning tartibi, narxlarni belgilash vakolati, tushgan mablag‘larning qayerga yo‘naltirilishi kabi masalalar qonunchilik va tegishli hujjatlar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda test materiallaridan foydalanish bo‘yicha pedagog xodimlarga pullik xizmatlarni ko‘rsatish, bu orqali pedagoglardan yig‘ilgan summalar qay tartibda va qaysi maqsadlarda sarflanishi nazarda tutilmagan.
Ammo, nizomning 43-bandida attestatsiya jarayoni uchun sinov materiallari vazirlik tomonidan testologiyaning xalqaro talablari asosida, xolislik va maxfiylikni ta’minlagan holda shakllantirilishi alohida qayd etilgan.
Mablag‘lar platformani saqlash xarajatlari uchun yo‘naltirlgani masalaga to‘liq nuqta qo‘yoladimi?
Avvalroq vazirlik vakillari attestatsiya testlarini pullashdan asosiy maqsadni sinov.uz platformasini yaratish va uni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash zarurati bilan izohlagan edi. Ammo bu izohning o‘zi ham bir qancha boshqa savollarni tug‘diradi.
Agar platformani yaratish va saqlash xarajatlari uchun pedagoglardan to‘lov undirilayotgan bo‘lsa, unda ushbu xarajatlarni qoplash mexanizmi qaysi hujjat bilan tartibga solingan?
Platformani yaratish xarajatlari qanchaga tushgan?
Ushbu platformani yaratish uchun davlat budjetidan hech qanday mablag‘ ajratilmaganligini asoslovchi hujjatlar bormi?
25 ming so‘mlik to‘lov qaysi hisob-kitoblar asosida belgilangan?
Ushbu mablag‘lar davlat budjetiga yoki budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadimi?
Tushgan mablag‘lar yana qayerlarga sarflanyapti?
Aslida, ushbu savollarga javob topilgan taqdirda ham attestatsiya test materiallarini ochiqlash, tarqatish, ularni ma'lum bir mablag'lar evaziga pullash qonunchilikka zid hisoblanadi. Shu sababli, mazkur masala vakolatli davlat organlari tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilib, unga huquqiy baho berilishi lozim. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa maqolada keltirilgan har bir savolga aniq izohlari bilan rasmiy javob berishi kerak.
Комментарии 1
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitadigan xususiy maktablarga subsidiya ajratiladi
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Тематические новости
Новости
Matematika va fizika o‘qituvchilari attestatsiya testlaridan norozi
2026-yilgi kuzgi attestatsiya sinovlarida matematika va fizika fanlari bo‘yicha berilgan test topshiriqlarining murakkabligi, ularni bajarish uchun ajratilgan vaqt hamda o‘qituvchilar to‘playotgan ballar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
You asked
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Attestatsiya jarayonida test topshirayotgan paytimda kompyuter ishlamay qolsa yoki texnik nosozlik sababli testni davom ettira olmasam, bu holatda testni qayta topshirishim mumkinmi?
You asked
Предоставят ли баллы учителям, имеющим национальный сертификат, за 70% надбавку?
Дополнительная надбавка выплачивается только педагогам, принявшим участие в квалификационном испытании (на обоих этапах) и достигшим (или сохранившим) высшую и первую квалификационные категории.
You asked
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Русский
Редактировать комментарий