Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Sinovlar fanlar va pedagoglar toifalari kesimida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi
26-oktabr (1 kun) — Informatika va axborot texnologiyalari
27–29-oktabr (3 kun)
- Ona tili va adabiyot (o‘zbek sinflari uchun)
- O‘zbek tili (davlat tili)
30–31-oktabr (2 kun)
- Jismoniy tarbiya (umumta’lim)
- Musiqa madaniyati
Izoh: Jismoniy tarbiya (umumta’lim) va musiqa madaniyati fanlaridan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kunlari o‘tkaziladi.
2–7-noyabr (6 kun) — Boshlang‘ich ta’lim
9–10-noyabr (2 kun) — Matematika
11-noyabr (1 kun) — Fizika
12–13-noyabr (2 kun)
- Tarix
- Davlat va huquq asoslari
- Tarbiya
14-noyabr (1 kun)
- Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi — qiz bolalar uchun)
- Texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi — o‘g‘il bolalar uchun)
16–17-noyabr (2 kun)
- Rus tili (milliy maktablarda)
- Rus tili va adabiyoti
- Qozoq tili va adabiyoti
- Qirg‘iz tili va adabiyoti
- Tojik tili va adabiyoti
- Turkman tili va adabiyoti
18–20-noyabr (3 kun)
- Ingliz tili (umumta’lim)
- Fransuz tili (umumta’lim)
- Nemis tili (umumta’lim)
- Xitoy tili
- Yapon tili
- Koreys tili
21-noyabr (1 kun)
- Tasviriy san’at va chizmachilik
- Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
- Geografiya
- Iqtisodiy bilim asoslari
23–24-noyabr (2 kun)
- Biologiya
- Kimyo
25-noyabr (1 kun)
- Psixolog
- O‘qituvchi-defektolog (umumta’lim)
- O‘qituvchi-logoped (umumta’lim)
- O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglari (2-smena)
- Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan pedagoglar
Izoh: Jismoniy tarbiya (umumta’lim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan pedagoglar uchun belgilangan ushbu sinovlar guruhiga kiritilmaydi. Ular uchun test sinovlari 30–31-oktabr kunlari o‘tkaziladi.
26–27-noyabr (2 kun)
- Ingliz tili (maktabgacha)
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi
- Jismoniy tarbiya (maktabgacha)
- Musiqa xodimi (musiqa rahbari)
- Nemis tili (maktabgacha)
- O‘qituvchi-defektolog (maktabgacha)
- O‘qituvchi-logoped (maktabgacha)
- Rus tili (maktabgacha)
- Tarbiyachi-metodist (MTT direktorining o‘rinbosari)
27–28-noyabr (2 kun)
- Qoraqalpoq tili (davlat tili)
- Qoraqalpoq tili va adabiyoti
28-noyabr (1 kun) — O‘zbek tili va adabiyoti fanidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun test sinovlari.
Malaka sinovlari o‘tkaziladigan manzillar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Pedagogik mahorat markazi — Nukus shahri, Ye. Alako‘z ko‘chasi, 54-uy.
Andijon viloyati
- Pedagogik mahorat markazi — Andijon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy.
Buxoro viloyati
- Buxoro shahridagi 44-sonli maktab — Buxoro shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy.
Farg‘ona viloyati
- Farg‘ona shahridagi 28-sonli maktab — Farg‘ona shahri, Istiqlol MFY, A. Qodiriy ko‘chasi, 13A-uy.
Navoiy viloyati
- “Kelajak” markazi — Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy.
Xorazm viloyati
- Urganch shahridagi 17-sonli maktab — Urganch shahri, 4-Yuqori bog‘ mahallasi, Maxtumquli ko‘chasi, 229A-uy.
Toshkent viloyati
- Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi — Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 83A-uy.
Namangan viloyati
- Namangan shahridagi 15-sonli maktab — Namangan shahri, G‘ishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329A-uy.
Sirdaryo viloyati
- Pedagogik mahorat markazi — Guliston shahri, Ma’naviyat MFY, Ezgulik ko‘chasi, 5A-uy.
Samarqand viloyati
- Pedagogik mahorat markazi — Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy.
Qashqadaryo viloyati
- Pedagogik mahorat markazi — Qarshi shahri, Olimlar ko‘chasi, 2-uy.
Surxondaryo viloyati
- Termiz shahridagi 14-sonli maktab — Termiz shahri, A. Jomiy MFY, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 4/54-uy.
Jizzax viloyati
- Jizzax shahridagi 31-sonli maktab — Jizzax shahri, Ravalliq MFY, Hamid Olimjon ko‘chasi, 147-uy.
Toshkent shahri
- Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi — Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 83A-uy.
Izoh: Ushbu sinov kunlari yoki manzillarga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Yangiliklar
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang