27 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiyda qatashib, yetarli ball to'plolmasa, amaldagi toifasi saqlanadimi?

00:25 / 27.01.2024
3.79k
Savol
Assalomu alaykum. Men birinchi toifali o‘qituvchiman. 27 yillik pedagogik stajim bor, pensiyaga chiqishimga esa 8 yil bor. Bu yil majburiy attestatsiyaga jalb qilinganman. Yangi chiqarilgan qaror bo‘yicha men attestatsiyadan o'tolmasam toifam saqlanib qoladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandiga ko‘ra pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar esa o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.
Nizomning 7-bandiga ko‘ra o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Xulosa shuki, siz attestatsiyaga majburiy tarzda emas, balki o'z xohishingizga ko'ra ishtirok etishingiz lozim. Attestatsiyada ishtirok etib, unda yetarli ball to'play olmasangiz amaldagi toifangiz saqlanib qoladi.
Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarni amaliyotda qo'llashda pedagog xodimning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqish lozim. Buning uchun maktab ma'muriyati hududiy bandlik bo‘limlari yordamidan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Shuningdek, pedagog xodim o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashmoqchi bo‘lsa, (elektron yoki qo‘g‘oz ko‘rinishidagi) mehnat daftarchasini ham ilova sifatida kiritib o‘tishi ham tavsiya etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

14:50 / 07.09.2025
Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi

15:01 / 05.09.2025
Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

15:29 / 03.09.2025
Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

17:30 / 31.08.2025
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytirildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarining yuklamasini esa 20 soatdan 18 soatga tushirish haqida prezident topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
17:05 / 14.07.2025

Podkast
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarning hali-ham maktablarda ishlab kelayotganligini ko‘pchilik tanqid ostiga olmoqda.
18:33 / 16.09.2023

Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023

Inervyu
Qog‘oz jurnal afzalmi yoki Kundalik.com?
20:10 / 07.05.2023
Izohingizni tahrirlang