2024-yilda maktabgacha va maktab ta'limi uchun byudjetdan qancha mablag' ajratildi?

11:16 / 28.12.2023
1.35k
Xabaringiz bor joriy yil 25-dekabr kuni Prezident 2024-yil uchun "O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 47 trln so‘mga yaqin pul ajratildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat byudjetidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida ikkinchi o‘rinda turibdi. (Birinchi o‘rinda Iqitisodiyot va moliya vazirligi — 92 trln)
Mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlangan:
➖Rivojlantirish dasturlari uchun — 5 trln 449 mlrd 152 mln;
➖Maktab darsliklarini yangilash uchun 1 trln 511 mlrd;
➖Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga — 250 mlrd;
➖Vazir jamg‘armasiga — 100 mlrd;
➖Xorazm viloyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini planshetlar bilan ta’minlash uchun — 63 mlrd 636 mln;
➖Vazirlik tizimidagi muassasalarni sport jihozlari bilan ta’minlash uchun — 62 mlrd 79 mln;
➖Maktablarni milliy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash uchun — 60 mlrd;
➖Maktablardagi ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun — 200 mlrd;
➖Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan bog‘chalar uchun subsidiyalarga — 3 trln 38 mlrd 200 mln;
➖"OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jixozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun — 164 mlrd 237 mln;
➖Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga — 754 mlrd 108 mln so‘m.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

10:37 / 18.02.2025
“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi

14:51 / 17.02.2025
Maktabga bormay sotuvchilik qilib yurgan o‘quvchi oradan ikki oy o‘tib nazoratga olindi

12:31 / 15.02.2025
Fuqarodan jabr ko‘rgan o‘qituvchiga sog‘ligini tiklab olishi uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi

10:00 / 15.02.2025
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Milliy o‘quv dasturi amalda mavjudmi?
Aslida bu o‘ta muhim ahamiyatga ega hujjat hisoblanadi
17:05 / 18.02.2025

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sport maktabi trenerlari biriktiriladi
Maktab o‘quvchilarini sportga jalb etish holati tanqid qilindi
20:00 / 13.02.2025

Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
Bu Hilola Umarovaning vazir lavozimiga tayinlangandan buyon 6-taqdimoti hisoblanadi
18:21 / 24.12.2024

2025-yilda ta’lim uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi
18:21 / 17.10.2024
Izohingizni tahrirlang