Top.Mail.Ru
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida kimlar ishlashi mumkin?

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida kimlar ishlashi mumkin?

17:39 / 04.02.2024 1.34k
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari – Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimida lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari” bilan belgilanadi.


“Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra:

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari – Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno. Ishga qabul qilinayotgan nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek, tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi.

Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimiga 60 yoshdan oshmagan oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetlarini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega bo‘lgan pedagoglar, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan tajribali ofitserlar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan serjantlar tayinlanadi, harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlar sodir etganligi natijasida harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar bundan mustasno.

Ta’lim muassasalarida Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturidagi tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishga tajribali tibbiyot xodimlari yoki Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazida tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilarning jalb etilishi tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etiladi.

“Umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari”ga ko‘ra Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari – Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi:

➖ Oliy, bakalavr diplomga ega bo‘lishi (magistratura yoki ilmiy draja bo‘lishi ustunlik beradi);
➖ Oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlarini tamomlagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar, bunda nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi;
➖ Kamida 3 yil, shu jumladan kamida 1 yil ta’lim sohasida yoki maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan bo‘lishi;
➖Mikrosoft Oficce dasturi (Word, Excell, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
Qo‘shimcha talablar: Ta’limga oid normativ hujjatlarni bilishi. Davlat tili va (qo‘shimcha tillarni bilishi ustunlik beradi).

 

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Direktor o'rinbosari

Ulashish