Prezident Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga bordi
Davlat rahbari Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur muassasa o‘tgan yili 50 milliard so‘m davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan. U 504 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11 sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi.
Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari, laboratoriya mavjud. Shuningdek, 222 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali zamonaviy jihozlangan.
Prezident shu yerda o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, bir-birini takrorlaydigan darslarga yoshlarning vaqtini ketkazmasdan, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Umuman, maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, davlat rahbari Andijon shahrida bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib ko‘rdi. Hozirda to‘rt ming tomoshabinga mo‘ljallangan yopiq zal qurilgan. Unda bir nechta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jumladan, joriy yil kuzda futzal bo‘yicha jahon chempionatining ayrim o‘yinlari shu yerda o‘tkaziladi.Yirik majmuada basseyn, kafe, restoran ham bo‘ladi. Mashhur sportchilarning mahorat maktablari uchun ham sharoit yaratiladi. Mashg‘ulotlar sport federatsiyalari va oliy ta’lim maskanlari bilan bog‘langan holda olib boriladi. Majmuani samarali ekspluatatsiya qilish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish lozimligi aytildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Bugun, 28-oktabr kuni poytaxtdagi “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo: taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi xalqaro forum ish boshladi.
Yangiliklar
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligida hududiy rahbarlar va boshqa mas’ul lavozimlardagi kadrlar faoliyati tahlil qilinadi.
Ta'lim siyosati
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi. Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yagona davlat siyosati yuritiladi.
Yangiliklar
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida rasman Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi joriy etildi. Shuningdek, ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 12 ta shtat birligidan iborat kotibiyat tashkil qilinadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang