“OpenBudget”da 1500 dan ortiq ovoz to‘plagan maktablarga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladigan bo‘ldimi?
11:20 / 23.02.2024
4.80k
2023-yilda 1500 ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lmagan maktablarning jihozlash bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi haqida xabar bergandik.
Kuni-kecha Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda “OpenBudget”ga aloqador bo‘lgan ko‘plab savollarga ham oydinlik kiritildi.
Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra “Tashabbusli byudjet”da 1500 dan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun ta’lim muassasalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ya’ni, “OpenBudget”da ishtirok etgan ta’lim muassasalari 1500 dan ortiq ovoz to‘plab, lekin g‘olib deb topilmagan bo‘lsa ham, ushbu ta’lim muassasalari mazkur mablag‘lar hisobidan moliyalashtirib beriladi.
E’tibor bering, Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunda faqatgina ta’lim muassasalarini jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish nazarda tutilgan.
E’tibor bering, Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunda faqatgina ta’lim muassasalarini jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish nazarda tutilgan.
Ya’ni, “OpenBudget”da ta’lim muassasasi qandaydir bino qurish yoki boshqa bir loyihalar bo‘yicha ishtirok etgan bo‘lsa, buning uchun mablag‘ berilmaydi. Takroran aytamiz, ushbu mablag‘lar faqatgina jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan e’lon qilingan ushbu xabarni ayrimlar bu yolg‘on ma’lumot degan holatlar ham juda ko‘p uchradi. Lekin shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, xalqtaliminfo.uz tahririyati yolg‘on, asoslanmagan ma’lumotlarni e’lon qilinmaydi.
Sababi ushbu ma’lumotlar aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 25-dekabrda imzolangan O‘RQ–886-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonundan olingan edi. (Qonunning 24-25 sahifalari bilan tanishing)
Sababi ushbu ma’lumotlar aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 25-dekabrda imzolangan O‘RQ–886-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonundan olingan edi. (Qonunning 24-25 sahifalari bilan tanishing)
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ham ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlab, 2023-yilda 1500 ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lmagan ijtimoiy soha tashkilotlarini (bog‘cha, maktab, shifoxona) jihozlash bo‘yicha loyihalar moliyalashtirilishi, buning uchun 2024-yilgi Davlat byudjetida qariyb 200 mlrd so‘m mablag‘ ko‘zda tutilganligini ma’lum qildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
11:10 / 03.04.2026
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Majburiy ovoz to‘plangan maktablar “Open Budjet”dan chetlatiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” loyihasida majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatilishini ma’lum qildi.
12:24 / 18.03.2025
Muallimdan maktub
“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda
So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi.
00:54 / 16.03.2025
Yangiliklar
“OpenBudjet” uchun o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan olingan
“OpenBudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ma’lum qildi.
22:09 / 11.03.2025
Yangiliklar
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Loyihaning joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan
12:27 / 18.12.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang