“OpenBudjet” uchun o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan olingan

Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan “OpenBudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ma’lum qildi.
So‘nggi yillarda o‘qituvchilar orasida yana bir majburiyat paydo bo‘ldi: “OpenBudjet” loyihasiga ovoz yig‘ish. Kimdir o‘z loyihasi uchun ovoz so‘rayotgan bo‘lsa, yana kimdir rahbariyat topshirig‘ini bajarishga majbur.
Shunday vaziyatlar yuzaga kelmoqdaki, pedagoglar darsdan tashqari vaqtlarini ham doimiy ravishda ovoz to‘plash bilan o‘tkazmoqda. Har kuni hisobot topshirish, qancha odamni ovoz berishga undash kerakligini o‘ylash – bularning barchasi o‘qituvchilarga ortiqcha bosim yuklamoqda.
“OpenBudjet” loyihasiga ovoz yig‘ish jarayoni boshlangach, yana o‘qituvchilarni bu ishlarga ommaviy ravishda jalb qilish boshlandi. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri holat yuzasidan munosabat bildirib, pedagoglar shu kabi holatlarga duch kelganda vazirlikka murojaat qilishi lozimligini aytdi.
“Oxirgi yillarda maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini o‘z faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yig‘di-yig‘dilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.
Lekin tizimda ba’zan jamoaga noto‘g‘ri talablar qo‘yayotgan, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish topshiriqlarini berayotgan, bir so‘z bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan mas’ullar ham uchrab turibdi.
Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan “OpenBudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.
Bugun “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan e’tiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga o‘qituvchi, ta’lim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yig‘ishlar bilan soya solmaylik.
Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.
Hurmatli pedagoglar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni o‘rganamiz, o‘qituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz”, deydi vazir.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Mavzuga doir yangiliklar

Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Loyihaning joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi

“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘qituvchilar “Tashabbusli budjet” uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgan

"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda
O'qituvchilarga dars bermaslik qo‘rqituvi bilan ovoz yig‘ishga majburlash yuz bermoqda
Izohingizni tahrirlang