Top.Mail.Ru
Pensioner o‘qituvchilarni attestatsiyaga majburiy jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortilishi mumkin

Pensioner o‘qituvchilarni attestatsiyaga majburiy jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortilishi mumkin

11:50 / 28.02.2024 10.02k
Savol
Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Maktabda ishlovchi pensiyadagi o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tishi shartmi, direktor majburlashi, bosim o‘tkazishi to‘grimi?

Javob
Ushbu savolga “Yurist xizmati” javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori 6-bandiga ko‘ra pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugashidan qat’i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha ularga haq to‘lanadi.

Bunda pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tib, malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Mana shu qoidaga ko‘ra pensiyadagi pedagog xodimlarni majburiy attestatsiyaga jalb qilish, ularni majburlash mumkin emas.

Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, pensioner o‘qituvchilardan attestatsiyaga jalb qilinmasligi uchun qo‘shimcha sertifikat olishi yoki amaldagi toifa sertifikatini yangilashi talab etilmaydi. Ularni attestatsiyaga jalb qilmaslikka pensiya yoshida ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asos bo‘ladi.


Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
Yangiliklar

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

16:33 / 14.09.2026
Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.

10:46 / 08.08.2026
Yangiliklar

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026