Milliy sertifikat masalasida yangilik kutilmoqda
18:00 / 06.05.2024
28.55k
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda milliy sertifikat uchun natijalarini hisoblashda Rash modeliga o‘tildi. Unga ko‘ra:
- 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
- 65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
- 60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
- 55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
- 50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
- 46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladigan bo‘ldi.
Shu sababli, milliy sertifikatga ustama olish uchun pedagoglar necha ball yig‘ishi kerakligi ochiq qolayotgandi.
Chunki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan imzolangan hujjat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiqlashtirilmagandi.
Xalqtaliminfo.uz manbasiga ko‘ra ayni vaqtda qonun hujjatlariga o‘zgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqilib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjat loyihasida esa pedagoglar foydasiga xizmat qiluvchi normalar mavjud.
Bu masala bo‘yicha ertaga, 7-may kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bag‘ishlangan jonli muloqotda yanada batafsil ma’lumot beriladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
16:50 / 15.05.2026
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
14:01 / 15.05.2026
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
Yangiliklar
“X-variant” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi zarur” — tarixchilar va jamoatchilik faollari
Tarix fanidan “Milliy sertifikat” imtihonlari atrofida davom etayotgan “x-variant” mojarosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
12:30 / 13.05.2026
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang