Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?

16:00 / 11.06.2024
16.14k
Savol
Direktor jamg‘armasidan tayinlanadigan ustamaga da’vogarlik qilmoqchiman. Kerakli hujjatlarni jamlashim uchun esa biroz vaqt ketib qoldi. Endi ularni Ishchi guruhga topshirmoqchi bo‘lsam, ular ustama uchun hujjatlar qabuli allaqachon tugagan deb, rad javobi berishdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan Ishchi guruh har yili 1-iyulga qadar umumta’lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholashi va navbatdagi o‘quv yili uchun yuqori natija ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilashi lozim.
Ya’ni, Ishchi guruh maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda kutubxona xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida o‘rganib chiqib baholashi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarorni 1-iyulga qadar chiqarishi mumkin.
To‘g‘ri, ayrim ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar pedagog xodimlarning katta qismi iyun oyidan boshlab mehnat ta’tiliga chiqib ketishini hisobga olib, 1-iyulni kutib o‘tirmay iyun oyining boshidayoq pedagoglarga ustama tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilib qo‘yadilar.
Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Chunki, ayrim hollarda pedagoglarga bo‘liq bo‘lmagan vaziyatlar vujudga kelishi mumkin.
Shu sababli, yuqoridagi kabi ayrim holatlarni e’tiborga olib, ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha, pedagoglarga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi qarorni iyun oyining boshida emas, aynan 1-iyulga qadar qabul qilishi maqsadga muvofiq.
Masalan, Ishchi guruh qarorni 30-iyun kuni qabul qilsa, boshqa pedagog xodimlar ham direktor jamg‘armasidan ustama olishga ulgurib qolgan bo‘lardi. Shuning uchun, Ishchi guruhlar nizomda belgilab berilgan muddat bo‘yicha ishlashini tavsiya qilamiz.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

08:25 / 19.06.2025
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX

11:06 / 16.06.2025
Ta’lim tizimida ham murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan

20:05 / 15.06.2025
“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi

12:17 / 13.06.2025
O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
Mavzuga doir yangiliklar

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?
17:41 / 16.09.2025

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
22:00 / 08.06.2025

Maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan olimpiada uchun o‘qituvchiga ustama beriladimi?
Buning uchun mazkur olimpiada maktab direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan tanlov va boshqa tadbirlar ro‘yxatida bo‘lishi lozim.
08:40 / 22.05.2025

To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
14:50 / 02.06.2025
Izohingizni tahrirlang