Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan memorandum imzolandi
16:40 / 30.05.2024
8.87k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi Info tahririyati hamda Profi University o‘rtasida joriy yilning 28-may kuni memorandum imzolandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Boqiev Farhod Esonovich, “Profi University” nodavlat oliy ta’lim muassasasi rektori Shoumarov G‘ayrat Baxromovich hamda “Xalq ta’limi info” tahririyati direktori Po‘latov Ulug‘bek Shavkat o‘g‘li tomonidan imzolangan memorandum doirasida turli xil yo‘nalishlarda hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.
Memorandum pedagog xodimlarni shaxsiy rivojlantirish, ulardagi stress darajasini tahlil qilib borish hamda ularga doimiy ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, fan va ta’lim hamkorligini ta’minlash orqali tomonlarning ilmiy salohiyati va amaliy tajribasidan birgalikda samarali foydalanish maqsadida imzolandi.
Endilikda ta’lim muassasalarida “Sterssiz ta’lim” loyihasi ham amalga oshiriladi. Loyiha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda “Profi University” nodavlat oliy ta’lim muassasasining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha doirasida pedagog xodimlarni shaxsiy rivojlantirish, ulardagi stress darajasini tahlil qilib borish va ularga doimiy ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, memorandumda quyidagi asosiy hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi:
- fan, ta’lim va ishlab chiqarishdagi istiqbolli innovatsion metodlarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish;
- kelishuv asosida ta’lim-tarbiya tizimining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ko‘rik-tanlov va ko‘rgazmalar tashkil etish;
- ta’lim tuzilmasi, mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari, shuningdek, ta’lim oluvchilarining jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy, kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish orqali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;
- rahbar va pedagog xodimlarga stresslarni yengish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va soha mutaxassislari uchun o‘quv seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilib borish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farxod Boqiyev, Xalq ta’limi Info tahririyati direktori, Profi University pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi Ulug‘bek Po‘latov, shuningdek Respublika tashxis markazi hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirokida "Stressiz ta’lim" loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
22:32 / 29.12.2025
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
12:39 / 28.12.2025
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
00:18 / 26.12.2025
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
23:11 / 24.12.2025
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi.
11:53 / 28.12.2025
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi haligacha bo‘sh qolmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi 4 oydan buyon bo‘sh qolmoqda.
13:34 / 09.12.2025
Yangiliklar
Pedagoglar murojaati o‘z joyida hal etiladi
Xalqtaliminfo.uz tahririyati hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
18:58 / 08.10.2025
Maqola
Ta’limga oid hujjatlar vazirlik ‘‘seyfidami’’?
Biz ko‘taradigan muammoning ko‘lami keng, lekin buni vazirlik hali-beri his qilmaydiganga o‘xshaydi. Chunki, tizim katta, vazirlik esa muammolar ildizini mutlaqo boshqa joydan qidirib yurgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.
00:23 / 04.10.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang