Top.Mail.Ru
Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopiladi

Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopiladi

19:40 / 13.07.2026 38

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi anomal issiq tufayli viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi. 


Viloyat boshqarmasining ma’lum qilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining tavsiyasiga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida 2026-yil 14 - 17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. 


Bunda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi. 


Boshqarma ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni bolalar salomatligini asrashga qaratilgan profilaktik chora sifatida qabul qilishni hamda bu davrda farzandlarining sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratishni so‘ragan. 


Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda anomal issiq bo‘lishiga qaramay, maktablarda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Maktabgacha ta'lim
  • Anomal issiq

Ulashish