Top.Mail.Ru
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham amal qiladimi?

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham amal qiladimi?

10:00 / 25.02.2024 2.90k
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 18-bandida pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tishi nazarda tutilgan.

Lekin boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sal boshqacharoq qoida qo‘llaniladi. Ya’ni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya jarayoniga yuqorida qayd etilganidek, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida jalb qilinmaydi.

Balki, ular bu jarayonga ushbu fanlarni o‘zida mujassam qilgan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi sifatida jalb qilinadi. Xulosa sifatida aytadigan bolsak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malaka toifasi tarbiya va informatika fani uchun ham tatbiq qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu fanlardan dars berish uchun A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qishi lozim

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Malaka toifa

Ulashish