Top.Mail.Ru
Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy institutining yangilangan binosiga tashrif

Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy institutining yangilangan binosiga tashrif

16:42 / 08.10.2024 997

2023-yilning 23-sentyabrida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tashrif buyurib, institut binosi juda yomon ahvolda ekanligini aytib, aslida bu institut hududiy malaka oshirish markazlariga lokomotiv bo‘lishi lozimligi,  o‘qituvchi va direktorlar bu yerga ishtiyoq bilan kelishlari kerakligini ta’kidlagandi. 


O
shanda vazir Hilola Umarova institut binosini yangidan, mutlaqo zamonaviy ko‘rinishda qayta rekonstruksiya qilinishi haqida aytgandi va oktyabr oyidan esa ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgandi. Oradan bir yil otib, ya’ni 2024-yilning 30-sentyabr kuni “1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan ishtirok etib, institut faoliyati bilan tanishgandi. Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining yangi binosida OAV xodimlari, radio, televideniye, ommaviy nashrlar jurnalistlari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.



Press-tur doirasida xalqtaliminfo.uz sayti jamoasi OAV xodimlari bilan birgalikda yangilangan institut binosida pedagoglarga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti 1934-yil tashkil topgan bo‘lib, bir asrga teng vaqt mobaynida  maktab direktorlari hamda fan o‘qituvchilarining muntazam malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullangan.


Dastlab, institutning ikki gektar yer maydoniga ega hududida – 1 ta o‘quv binosi (49 ta xona va 1 ta majlislar zali),  2 ta 520 o‘ringa ega bo‘lgan yotoqxona (24 ta lyuks, 496 ta oddiy o‘rinli), 1 ta 250 kishiga mo‘ljallangan oshxona, 1 ta qayta tayyorlov markazi (1 ta studiya xonasi), 1 ta garajdan iborat binolar mavjud edi. Bu binolar esa zamon talablariga mutlaqo javob bermasdi. 

Institut binosining avvalgi holati
  






Joriy yilda institutning binosi to‘liq qayta ta’mirdan chiqarildi. Yangi binodan menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona o‘rin oldi.



Shuningdek, institutda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.





Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatining xalqtaliminfo.uz ga ma’lum qilishicha, 2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi. 


Bunda Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etiladi. Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik o‘quv kurslari uchun joriy etilgan tartib asosida, pedagog va mutaxassis kadrlar uchun zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.


Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning o‘tgan vaqti davomida 316 376 nafar (193 170 nafari mahorat markazlarida, 113 732 nafari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasida, 5 204 nafari oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida) pedagog kadrlar malakasi oshirildi.


Vazirlik huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 4 270 nafar ta’lim muassasalari rahbarlarining malakasi oshirildi. 666 nafar amaldagi direktorlar va 1 201 nafar direktor lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitildi. 


Umumta’lim maktablarining 120 nafar o‘qituvchisi Fransiyada, 32 nafar professor-o‘qituvchi Qozon federal universiteti va Belarus davlat pedagogika universitetiga malaka oshirishga yuborildi.


Hozirga qadar 1500 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzod, 1000 nafar amaldagi maktab direktorini “Menejerlik o‘quv kurslari”da o‘qitish belgilangan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Malaka oshirish
  • Press-tur

Ulashish