Giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Maktab direktori sherigi bilan shartli xaridorga qariyb 1 kg opiy giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi. Oldin ham firibgarlik jinoyatini sodir qilib sudlangan direktor sud hukmi bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan maktab direktori va uning sherigi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1986-yilda tug‘ilgan F.X. Urgut tumanidagi 71-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlagan. U 2024-yil avgust oyi boshlarida mahalladoshi Sh.A. bilan ko‘p miqdordagi opiy giyohvand moddasini Samarqand viloyati hududida sotish bo‘yicha jinoiy til biriktirgan.
Jinoiy rejaga muvofiq Sh.A. tergovda shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan shaxsdan qariyb 1 kg opiyni pulini sotganidan so‘ng berish sharti bilan olgan. So‘ngra sheriklar 2024-yil 27-noyabr kuni giyohvand moddani huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbirga jalb qilingan shartli xaridorga 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ushlangan. Ulardan bir dona qora rangli sellofan paketga o‘ralgan opiy giyohvand moddasi ashyoviy dalil tariqasida olingan. Uning og‘irligi 921,36 grammni tashkil qilgan.
F.X. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan hamda opiyni tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ishlovchi tanishining iltimosiga asosan topib berganligini, bundan manfaatdor bo‘lmaganini aytgan. Qilmishidan pushaymonligini bildirgan direktor suddan yengillik so‘ragan.
Sh.A. ham aybiga qisman iqror bo‘lib, F.X. turmush o‘rtog‘ini ishga qabul qilishini aytgani uchun uning iltimosiga rozi bo‘lib, giyohvand modda topib berganini ma’lum qilgan.
Sud hukmi bilan F.X. va Sh.A. Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismida (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. F.X.ga 10 yil 2 oy, Sh.A.ga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Sherzod Dolimov hamda Xamro Bektemirov mehnat qonunchiligini buzganligi uchun jarimaga tortildi.
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
Yangiliklar
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
2026-yildan boshlab maktab o‘quvchilarda shubhali yoki salbiy xulq alomatlari kuzatilsa, bu haqida ota-onalarni o‘z vaqtida xabardor qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang