Bolalarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi 4 yilga qamaldi
11:20 / 17.07.2024
2.44k
Avvalroq, Samarqandda 13 yashar bola oyog‘idan kishanlangan holda topilgandi. Keyinroq bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati maktab o‘qituvchisi tomonidan sodir etilgan bo‘lib chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yilda tug‘ilgan o‘quvchi Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat harbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o‘qirdi. Uning vasiylari va mazkur maktab o‘qituvchisi Sh.X ni chaqirib, undan bolani xulqi og‘irligi tufayli Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi”ga olib borishni so‘ragan.
2024-yil 15-mart kuni maktab o‘qituvchisi Sh.X. go‘yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan bolani avtomobilning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘ygani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Endilikda ish sudda ko‘rib chiqildi.
Sud hukmi bilan bolani zanjirband qilgan shaxs 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.
Sudda o‘quvchi va uning vasiylari o‘qituvchiga belgilanadigan jazoni yengillashtirishni so‘ragan, shuningdek o‘qituvchi ham bu qilmishidan pushaymonligini bildirib, unga qamoq jazosidan boshqa yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
14:38 / 12.09.2024
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘qituvchilar “Tashabbusli budjet” uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgan
12:01 / 11.09.2024
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan
15:52 / 27.08.2024
9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
U bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan
09:18 / 23.08.2024
Farzandini hujraga bergan ota-onalarga javobgarlik belgilanmoqda
Bolalarni qonunga xilof diniy ta’lim olishga aynan ota-onalarning o‘zi olib borishi holatlari ko‘payib bormoqda
20:34 / 20.08.2024
Izohingizni tahrirlang