Tayanch doktoranturada o‘qiyotgan xodim maktabda necha soat dars berishi mumkin?
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars soatlarini taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi. (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271)
Dars soatlari nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi. Mazkur bandda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan xodimlar nazarda tutilmagan.
Agar talabgor fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan xodim bo‘lsa, u oliy malaka toifasiga ega pedagog hisoblanadi va nizomda belgilangan 8-darajali ko‘rsatgich sifatida (agar boshqa pedagoglarda bundan yuqori ko‘satgich mavjud bo‘lmasa) maksimal dars soati olishi mumkin bo‘ladi.
Tayanch doktoranturada o‘qiyotgan xodim magistratura bosqichini tamomlaganiga 5 yil to‘lmagan bo‘lsa, bunda u ikkinchi malaka toifasiga ega pedagog hisoblanadi va nizomda belgilangan 11-darajali ko‘rsatgich sifatida (agar boshqa pedagoglarda bundan yuqori ko‘satgich mavjud bo‘lmasa) ko‘proq dars soati olishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, pedagog xodimlarga dars taqsimlashda ta’lim muassasasidagi boshqa pedagog xodimlarning ko‘rsatgichlarini ham bilib olish muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, har qanday holatda ham dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanishi lozim.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang