Top.Mail.Ru
Andijonlik o‘quvchi qiz Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritdi

Andijonlik o‘quvchi qiz Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritdi

10:40 / 24.07.2024 3.03k

Joriy yilning 15-22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottengen shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoning 62 ta mamlakatidan 100 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida Andijon shahri, 4-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ibrohimova Rayyona ilk marotaba oltin medalni qo‘lga kiritdi. 


Mazkur olimpiadada ishtirok etish uchun 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq nemis tili o‘rganuvchilar 60 dan ortiq ishtirokchi-mamlakatlarda dastlab milliy saralash bosqichida qatnashdilar va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 2024-yilning iyul oyida xalqaro nemis tili olimpiadasi tomon Gyottingenga yo‘l olgandilar. 


Shuningdek, o‘quvchilarga hamrohlik qiluvchi faol o‘qituvchilar uchun Gyottingenda olimpiada doirasida didaktik va uslubiy mavzular bo‘yicha seminarlar ham tashkil etildi.


Olimpiadada milliy saralash bosqichlarining g‘oliblari uch xil til bilish darajalari bo‘yicha  1-, 2- va 3-o‘rinlar uchun bellashadilar. Bu yerda nafaqat til bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiya va xalqaro guruhlarda ishlay olish qobiliyati ham talab qilinadi. 


Ishtirokchilarning alohida shakldagi va jamoaviy natijalari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xalqaro olimpiada

Ulashish