Top.Mail.Ru
30-avgustga qadar barcha hududlarda "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tadi

30-avgustga qadar barcha hududlarda "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tadi

15:49 / 16.08.2024 2.19k

Joriy yilning 15-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida Toshkent viloyatining “Renessans” bolalar oromgohida “Ustozlar milliy forumi”ga start berildi.




Avvallari “Avgust kengashi” deya nomlangan tadbirlar hozirgi kunda “Ustozlar milliy forumi” sifatida uzviy davom ettirilyapti. Forum doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda ishlayotgan o‘qituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilg‘or metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida o‘quv treninglari tashkil etildi.



Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad tizimda olib borilayotgan islohotlar,  ta’lim mazmunini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish hamda o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar, darsliklar, yangi baholash tizimi, shuningdek, o‘quv jarayoniga tatbiq etiladigan ilg‘or metodikalarning  mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazishdan iborat.


Mazkur forumda respublikaning barcha hududlaridan 400 nafar ilg‘or, tashabbuskor, yetakchi o‘qituvchi va tarbiyachilar jalb etildi.


Tadbirda maktabgacha va maktab talimi tizimda bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.


Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 37 548 taga (2023-yilda 33 942 ta), 3-7 yoshli bolalarning qamrab olish darajasi 74,6 foizga (2023 - 74 foiz), 6 yoshlilarning qamrovi 93 foizga yetkazildi.


Pedagoglarning ilg‘or tajribasini ommalashtirishga qaratilgan maxsus platforma ishga tushirilib, 15 716 ta ilg‘or metodikalar ommalashtirildi.


500 ta maktabda ixtisoslashtirilgan maktablarining baholash tizimi joriy etilishi natijasida o‘zlashtirish 53 dan 59 foizga o‘sgan. Nufuzli va mintaqaviy olimpiadalarda o‘quvchilar tomonidan 2023/2024-o‘quv yilida hozirgacha jami 91 ta medal qo‘lga kiritildi.


Shuningdek, Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar ikkinchi xalqaro olimpiadasi va Buxoro shahrida Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur yutuqlarning barchasi tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.


Ma’lumot uchun: Mazkur forum tadbirlari an’anaviy tarzda kaskad usulida 19-20-avgust sanalarida viloyat miqyosida, 23-24-avgust sanalarida tuman (shahar)lar miqyosida, 27-30-avgust sanalarida barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Forum doirasida xususan quyidagi mavzularda trening mashg‘ulotlari tashkil etiladi:


  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli;


  • darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar;


  • tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli, jumladan, jalb qilish (engagement), tadqiq etish (exploration), tushuntirish (explanation), qo‘llash (elaboration), baholash (evaluation),  aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” (CPA – Concrete-Pictorial-Abstract) yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish;


  • o‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;


  • tadqiqotchilik, kommunikativlik, raqamli va media savodxonlik, muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;


  • loyihaga asoslangan ta’lim, tadqiqotchilikka asoslangan ta’lim, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim (Student-centered learning)ni o‘quv jarayoniga joriy etish.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Seminar
  • Ustozlar milliy forumi

Ulashish