Top.Mail.Ru
Qozog‘istonda 450 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi

Qozog‘istonda 450 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi

14:30 / 09.09.2024 429

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Munayli tumanidagi 8-maktabda 460 nafar bola ommaviy zaharlandi. Zaharlanishning ilk holatlari 6-sentyabr kuni kuzatilgan. 


Avvaliga 58 nafar jabrlanganlar haqida xabar berilgan, 9-sentyabrga kelib ularning soni 460 nafarga yetgan.

Ulardan 83 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ikkitasi reanimatsiyada. Barcha jabrlanganlarning ahvoli ijobiy dinamika bilan barqaror deb baholanmoqda. Ikki bola reanimatsiyadan umumiy palataga o‘tkazilgan, deyiladi xabarda.

Hukumat zaharlanish alomatlari bilan kelgan barcha bolalar zarur tibbiy yordam, jumladan, psixologik yordam olishini aytgan. Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov topshirig‘iga ko‘ra, bir oy muddatda respublikadagi barcha maktab oshxonalarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi nazorat qilinadi.


Bolalarning ommaviy zaharlanishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 304-moddasi (sanitariya qoidalari yoki gigiyena me’yorlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Qozog'iston
  • Maktab oshxonasi

Ulashish