Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ish haqi miqdori 2025-yil 1-avgustdan boshlab – 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Oshirilgan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda, umumta’lim maktabi pedagog va boshqa xodimlari quyidagicha maosh oladilar:
Maktab direktori:*
- 5 mln 166 ming 485 so‘m (400 o‘quvchigacha);
- 5 mln 516 ming 559 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
- 5 mln 849 ming 691 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
- 6 mln 187 ming 933 so‘m (1600dan ortiq);
Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
- 4 mln 825 ming 344 so‘m (400 o‘quvchigacha);
- 5 mln 166 ming 485 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
- 5 mln 516 ming 559 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
- 5 mln 849 ming 691 so‘m (1600dan ortiq);
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
- 1 mln 957 ming 858 so‘m (400 o‘quvchigacha);
- 2 mln 233 ming 302 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
- 2 mln 322 ming 127 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
- 2 mln 515 ming 091 so‘m (1600dan ortiq);
Psixologlar:**
- Oliy ma’lumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 so‘m;
- Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 so‘m;
- Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 so‘m;
- Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 so‘m;
O‘qituvchilar:
- O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 3 mln 486 ming 585 so‘m;
- Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 3 mln 729 ming 906 so‘m;
- Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 4 mln 175 ming 834 so‘m;
- Birinchi toifali o‘qituvchi – 4 mln 653 ming 151 so‘m;
- Oliy toifali o‘qituvchi – 5 mln 142 ming 053 so‘m;
Kadrlar bo‘yicha menejer:
- 1 mln 758 ming 372 so‘m;
Kutubxona mudiri:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 349 ming 447 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 2 mln 563 ming 442 so‘m;
Kutubxonachi:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 37 ming 317 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 2 mln 144 ming 547 so‘m.
Izohlar:
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining oylik maoshi yana 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi 15 foizga oshiriladi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
*Psixologlar oylik maoshi ham malaka toifasiga ko‘ra farqlanadi. Ayni damda psixologlarga ham malaka toifalari berish boshlangan.
Maktabgacha ta’lim xodimlarining oylik maoshlari
Direktor:*
- I guruh – 3 mln 498 ming 965 so‘m;
- II guruh – 3 mln 260 ming 851 so‘m;
Til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti о’qituvchisi:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 362 ming 464 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 3 mln 729 ming 906 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 4 mln 175 ming 834 so‘m;
- Birinchi toifali – 4 mln 653 ming 151 so‘m;
- Oliy toifali – 5 mln 142 ming 53 so‘m;
Oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tаrbiуасhilаri:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 362 ming 464 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 3 mln 729 ming 906 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 4 mln 175 ming 834 so‘m;
- Birinchi toifali – 4 mln 653 ming 151 so‘m;
- Oliy toifali – 5 mln 142 ming 53 so‘m;
Tarbiyachi metodist, tarbiyachi:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 181 ming 469 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 3 mln 729 ming 906 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 4 mln 175 ming 834 so‘m;
- Birinchi toifali – 4 mln 653 ming 151 so‘m;
- Oliy toifali – 5 mln 142 ming 53 so‘m;
Psixologlar:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 362 ming 464 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 3 mln 390 ming 824 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 3 mln 631 ming 163 so‘m;
- Birinchi toifali – 3 mln 877 ming 630 so‘m;
- Oliy toifali – 4 mln 113 ming 643 so‘m;
Musiqa xodimi, хоrеоgrаf, bаrсhа ixtisosliklar yo‘riqchilari:
- O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 825 ming 935 so‘m;
- Oliy ma’lumotli – 2 mln 7 ming 905 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 2 mln 199 ming 263 so‘m;
- Birinchi toifali – 2 mln 399 ming 789 so‘m;
- Oliy toifali – 2 mln 608 ming 633 so‘m;
Oliy yoki o‘rta mахsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi:
- 1 mln 904 ming 305 so‘m;
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar nopedagogik ma’lumotli vа umumiy o‘rta ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi:
- 1 mln 586 ming 920 so‘m.
Izoh:
*Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining bazaviy tarif stavkasi tashkilotlar guruhidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda 9 ta vа undan ortiq guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari I guruh, 8 tagacha guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari II guruh hisoblanadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab bog‘cha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Comments 22
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
News
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
Вы спрашивали
Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
G‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid.
News
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
News
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
English
Edit your comment