Top.Mail.Ru
Yangi yildan ayrim direktorlar 12 mln, o‘rinbosarlar esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishi mumkin bo‘ladi

Yangi yildan ayrim direktorlar 12 mln, o‘rinbosarlar esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishi mumkin bo‘ladi

11:54 / 19.03.2025 13.97k

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:


  • maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga;


  • direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi 15 foizga oshirilmoqda.


Bunda bog‘cha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilmoqda.


Xo‘sh, umumta’lim maktabi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar xodimlari 2025-yil 1-sentyabrdan aynan qancha maosh oladilar? Biz rahbar xodimlarning lavozimi bo‘yicha oylik maoshlarini to‘liq hisoblab chiqdik.


Oshirilgan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda, rahbar xodimlar quyidagicha maosh oladilar:


Maktab direktori:

  • 5 mln 636 ming 166 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 6 mln 018 ming 064 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 6 mln 381 ming 481 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
  • 6 mln 750 ming 472 so‘m (1600dan ortiq);


Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)     

  • 5 mln 044 ming 678 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 5 mln 401 ming 325 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 5 mln 767 ming 312 so‘m  (881 -1600 o‘quvchigacha);
  • 6 mln 115 ming 586 so‘m (1600dan ortiq);


Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:*

  • 2 mln 046 ming 851 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 2 mln 334 ming 816 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 2 mln 427 ming 678 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
  • 2 mln 629 ming 414 so‘m (1600dan ortiq)


2026-yil 1-yanvardan boshlab rahbar xodimlarning maoshi yana oshadi. Chunki, direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanmoqda.


Ustamaga tavsiya etilgan rahbar xodimlar 2026-yil 1-yanvardan quyidagicha maosh oladilar


Maktab direktori:

  • 6 mln 763 ming 399 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 7 mln 221 ming 676 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 7 mln 657 ming 777 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
  • 8 mln 100 ming 566 so‘m (1600dan ortiq);


Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)     

  • 5 mln 549 ming 145 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 5 mln 941 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 6 mln 344 ming 043 so‘m  (881 -1600 o‘quvchigacha);
  • 6 mln 727 ming 144 so‘m (1600dan ortiq);


Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:*

  • 2 mln 251 ming 536 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 2 mln 568 ming 297 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 2 mln 670 ming 445 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
  • 2 mln 892 ming 355 so‘m (1600dan ortiq).


*Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining oylik maoshi oshirilishi hamda ularga qo‘shimcha ustamalar to‘lab berish masalasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan hal etiladi.


Ayrim direktorlar 12 mln, o‘rinbosarlar esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishi mumkin


Ma’lumki, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega rahbar xodimlariga 5 yil muddat davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanishi belgilangan:


  • maktab direktorlariga – 50 foiz;


  • direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.


2026-yil 1-yanvardan menejerlik sertifikatiga ega rahbar xodimlar quyidagicha maosh oladilar


Maktab direktori:

  • 10 mln 145 ming 098 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 10 mln 832 ming 514 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 11 mln 486 ming 665 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
  • 12 mln 150 ming 849 so‘m (1600dan ortiq);


Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)     

  • 7 mln 213 ming 888 so‘m (400 o‘quvchigacha);
  • 7 mln 723 ming 894 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
  • 8 mln 247 ming 255 so‘m  (881 -1600 o‘quvchigacha);
  • 8 mln 745 ming 287 so‘m (1600dan ortiq).

2025-yil 1-sentyabrdan bog‘cha direktorlari quyidagicha maosh oladilar


  • I guruh – 5 mln 625 ming 394 so‘m;
  • II guruh – 5 mln 317 ming 901 so‘m.


Menejerlik sertifikatiga ega bog‘cha direktorlari quyidagicha maosh oladilar


  • I guruh – 7 mln 313 ming 012 so‘m;
  • II guruh – 6 mln 913 ming 271 so‘m.

Izohlar 24

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Oylik maosh

Ulashish