Yangi yildan ayrim direktorlar 12 mln, o‘rinbosarlar esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishi mumkin bo‘ladi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga;
- direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi 15 foizga oshirilmoqda.
Bunda bog‘cha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi maktab direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilmoqda.
Xo‘sh, umumta’lim maktabi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar xodimlari 2025-yil 1-sentyabrdan aynan qancha maosh oladilar? Biz rahbar xodimlarning lavozim maoshlari bo‘yicha oylik maoshlarini to‘liq hisoblab chiqdik.
Oshirilgan maoshlar bo‘yicha hisoblanganda, rahbar xodimlar quyidagicha maosh oladilar:
Maktab direktori:
5 mln 636 ming 166 so‘m (400 o‘quvchigacha);
6 mln 018 ming 064 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
6 mln 381 ming 481 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
6 mln 750 ming 472 so‘m (1600dan ortiq);
Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
5 mln 044 ming 678 so‘m (400 o‘quvchigacha);
5 mln 401 ming 325 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
5 mln 767 ming 312 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
6 mln 115 ming 586 so‘m (1600dan ortiq);
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
2 mln 046 ming 851 so‘m (400 o‘quvchigacha);
2 mln 334 ming 816 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
2 mln 427 ming 678 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
2 mln 629 ming 414 so‘m (1600dan ortiq)
2026-yil 1-yanvardan boshlab rahbar xodimlarning maoshi yana oshadi. Chunki, direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanmoqda.
Ustamaga tavsiya etilgan rahbar xodimlar 2026-yil 1-yanvardan quyidagicha maosh oladilar:
Maktab direktori:
6 mln 763 ming 399 so‘m (400 o‘quvchigacha);
7 mln 221 ming 676 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
7 mln 657 ming 777 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
8 mln 100 ming 566 so‘m (1600dan ortiq);
Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
5 mln 549 ming 145 so‘m (400 o‘quvchigacha);
5 mln 941 ming 457 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
6 mln 344 ming 043 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
6 mln 727 ming 144 so‘m (1600dan ortiq);
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
2 mln 251 ming 536 so‘m (400 o‘quvchigacha);
2 mln 568 ming 297 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
2 mln 670 ming 445 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
2 mln 892 ming 355 so‘m (1600dan ortiq).
Ayrim direktorlar 12 mln, o‘rinbosarlar esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishi mumkin
Ma’lumki, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega rahbar xodimlariga 5 yil muddat davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanishi belgilangan:
maktab direktorlariga – 50 foiz;
direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.
2026-yil 1-yanvardan menejerlik sertifikatiga ega rahbar xodimlar quyidagicha maosh oladilar
Maktab direktori:
10 mln 145 ming 098 so‘m (400 o‘quvchigacha);
10 mln 832 ming 514 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
11 mln 486 ming 665 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
12 mln 150 ming 849 so‘m (1600dan ortiq);
Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
7 mln 213 ming 888 so‘m (400 o‘quvchigacha);
7 mln 723 ming 894 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
8 mln 247 ming 255 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
8 mln 745 ming 287 so‘m (1600dan ortiq).
2025-yil 1-sentyabrdan bog‘cha direktorlari quyidagicha maosh oladilar
I guruh – 5 mln 625 ming 394 so‘m;
II guruh – 5 mln 317 ming 901 so‘m.
Menejerlik sertifikatiga ega bog‘cha direktorlari quyidagicha maosh oladilar
I guruh – 7 mln 313 ming 012 so‘m;
II guruh – 6 mln 913 ming 271 so‘m.
Комментарии 48
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Теперь руководящие работники школы могут повысить свою месячную заработную плату
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
Тематические новости
Новости
Теперь руководящие работники школы могут повысить свою месячную заработную плату
Определены методика и порядок оценки показателей эффективности деятельности (KPI) директора школы и его заместителей.
You asked
Удвоятся ли зарплаты учителей в 2026 году?
В социальных сетях распространяются сообщения о том, что в 2026 году заработная плата педагогических работников увеличится вдвое. Насколько обоснованны эти сообщения?
You asked
Разве педагогам не платят зарплату за праздничные дни?
В связи с празднованием Нового года педагогические работники будут отдыхать 5 дней подряд. Теперь наши декабрьские и январские зарплаты уменьшатся из-за этих выходных?
Новости
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Bunda ta’lim sohasi vakillari sohalar orasida so‘nggi o‘rinlarni qayd etib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 188 ming so‘mni tashkil etdi.
Русский
Редактировать комментарий